So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Morgenshternga nisbatan jinoiy ish ochildi
Reper Morgenshternga nisbatan xorij agenti vazifasini bajarmagani uchun jinoiy ish ochildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya huquq-tartibot idoralariga tayanib.
“Alisher Morgenshternga nisbatan Jinoyat kodeksining 330.1-moddasi ikkinchi qismi (“Rossiyaning xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlash”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatildi”, — degan agentlik suhbatdoshi.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Morgenshtern uzoq vaqt davomida Telegram kanali va YouTubeʻda maxsus belgisiz materiallarni chop etib kelgan.
Ushbu modda boʻyicha eng kam jazo 300 ming rublgacha jarima, eng koʻpi esa ikki yilgacha qamoq jazosi hisoblanadi.
Reper 2022-yil may oyida xorijiy agentlar reestriga kiritilgan. Avvalroq Moskva prokuraturasi Morgenshtern yil davomida ikki marta xorijiy agent faoliyati tartibini buzgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar bergan edi.