So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Davlat rahbari postiga reaksiya qoldirgan bloger 12-yilga qamaldi
Eron sudi respublika oliy yetakchisi Ali Xomanoiyning tvitiga javoban bitta nuqta qoldirgani uchun iyun oyida hibsga olingan bloger Husayn Shanbehzodani 12-yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Shanbehzoda bu nuqtani may oyida begʻaraz koʻrinishda joylashtirgan, biroq bir necha hafta oʻtgach, uning reaksiyasi Xomanoiyning tvitidan koʻra koʻproq “layk” yigʻib, keng omma eʼtiborini tortganidan soʻng hibsga olingan. Iyul oyida uni vaqtincha hibsga olish tartibi yana bir oyga uzaytirilgandi.
31-avgust kuni uning advokati islom respublikasi mahkamasi faollarni uzoq muddatga qamab qoʻyish va boshqalarni qoʻrqitish uchun qoʻyadigan soxta ayblovlar uchun jami 12-yillik qamoq jazosiga hukm qilinganini eʼlon qildi.
Oʻzining ochiq tanqidlari va ijtimoiy tarmoqlardagi ishtiroki bilan tanilgan Shanbehzoda “Isroilni qoʻllab-quvvatlash, tashviqot faoliyati” uchun 5-yilga, “islomiy muqaddas odatlarni haqorat qilgani” uchun 4-yilga, ijtimoiy tarmoqlarda “yolgʻon xabar tarqatgani” uchun 2-yil, “davlatga qarshi tashviqot faoliyati” uchun 1-yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, - dedi uning advokati Amir Raisyan Shargh gazetasiga.
Advokatning soʻzlariga koʻra, sud mahkamasi sudlanuvchining Isroilga propaganda faoliyatini isbotlovchi hech qanday dalil keltirmagan. Mazkur ayblov uning “shaxsiy suhbatlari” asosida qoʻyilgan.
Raisyan oʻzining boshqa ayblovlari boʻyicha sud uning boshqa siyosiy mahbuslarni qoʻllab-quvvatlagani, mamlakatdagi vaziyatni salbiy koʻrsatgani, “Qatl yoʻq” xeshtegidan foydalangani, majburiy hijobning olib tashlanishini qoʻllab-quvvatlagani, Eron saylovlariga qarshi ommaviy axborot vositalarida salbiy muhit yaratgani va bayonot bergani shuningdek, sobiq prezident Ibrohim Raisiyning vafoti munosabati bilan xursandchilik bildirish bilan izohlaganini aytdi.
Maʼlumot uchun, Shanbehzoda avvalroq 2019-yilgi norozilik namoyishlari ortidan “Islomiy respublika rahbarini va muqaddas joylarni haqorat qilish”da ayblanib qamalgan.



