So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Parkentda yana 20 ming gektar hosildor uzum plantatsiyalari yaratiladi
viloyatda yetishtirilayotgan uzumlarning 40 ming tonnadan ortiq qismi 11ta davlatga, vino mahsulotlari esa 9ta davlatga eksport qilinmoqda.

Xabaringiz bor, kecha, 23-avgust kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi Zarkent qishlogʻida 3 kun davom etadigan “Uzum sayli” xalqaro vinochilik festivali boshlandi.
Festival tumanidgi uzum yetishtirish boʻyicha yetakchi markazlardan biri boʻlgan uzumchilik fermer xoʻjaligida oʻtkazilmoqda. Folklor jamoalari, estrada sanʼatkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va anʼanalarini aks ettiruvchi keng koʻlamli madaniy dastur tashkil etilgan. Eng yaxshi oshpazlar milliy pazandachilik mahsulotlari namunalarini, uzumdan anʼanaviy milliy ichimliklar va shirinliklar tayyorlash mahoratini namoyish etishdi.
Shuningdek viloyatda uzumchilik sohasiga oid asosiy koʻrsatkichlar taqdim etildi. Unga koʻra:
viloyatdagi uzumzorlar maydoni 13 ming gektardan 19 ming gektarga yetkazildi;
yetishtirilayotgan uzumlarning 40 ming tonnadan ortiq qismi 11ta davlatga, vino mahsulotlari esa 9ta davlatga eksport qilinmoqda.
kelgusi 3-yilda viloyatda yana 20 ming gektar hosildor uzum plantatsiyalarini yaratishni rejalashtirilgan, natijada uzum maydonlari 39 ming gektarga yetkaziladi, natijada yetishtirilgan hosil 400 ming tonnaga oshirilishi rejalashtirilgan;
Oʻzbekistonda 28dan ortiq xoʻraki va vinobop uzum navlari yetishtirilayotgan boʻlsa, shundan 13tasi aynan Toshkent viloyatida yaratilgan.
Eng asosiysi aholi xonadonlarida uzum yetishtirish, mayiz, shinni kabi mahsulotlarni tayyorlashning asrlardan-asrlarga oʻtib kelayotgan anʼanaviy usullarini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.



