So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Rossiya maxsus kuchlari Volgograd viloyatida koloniyadagi garovga olinganlarni ozod qildi
Bugun, 23-avgust kuni Volgograd viloyatidagi Surovikino shahridagi 19-sonli koloniya mahkumlari intizomiy komissiya yigʻilishi vaqtida kaloniya xodimlarni garovga olgan. Rus manbalari gumondorlar Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari ekanligi haqida xabar bermoqda.
Rossiya gvardiyasi snayperlari qamoqxona xodimlarini garovga olgan toʻrt nafar mahbusni zararsizlantirdi, deb xabar berdi RIA Novosti agentligiga Rossiya gvardiyasi matbuot xizmati.
“Rossiya gvardiyasining Volgograd viloyatidagi maxsus boʻlinmasi snayperlari qamoqxona xodimlarini garovga olgan toʻrt nafar mahbusni toʻrtta aniq oʻq bilan zararsizlantirishdi”, — deya xabar bermoqda Ria Novosti Rossiya departamenti manbasiga tayanib.
Maʼlumot uchun, bugun, 23-avgust kuni Volgograd viloyatidagi Surovikino shahridagi 19-sonli koloniya mahkumlari intizomiy komissiya yigʻilishi vaqtida kalonna xodimlarni garovga oldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, kamida bir kishi halok boʻlgan.
Jazoni ijro etish federal xizmatining toʻrt nafar xodimi jarohat olib, Surovikino markaziy tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli ogʻir, yana ikki nafarining ahvoli oʻrtacha ogʻir. Jabrlanganlar operatsiya qilinmoqda.
Bir qancha Telegram kanallarida ayblanayotgan jinoyatchilar haqida maʼlumotlar eʼlon qilindi. Bular 1995-yilda tugʻilgan Ramzidin Toshev, 1996-yilda tugʻilgan Nizirchon Toshov, 2001-yilda tugʻilgan Rustamchon Navroʻziy va 1995-yilda tugʻilgan Temur Xusinovlardir. Ular Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari.
Sud hujjatlariga koʻra, hujum qilgan toʻrt nafar fuqaroning uch nafari (Toshev, Toshov va Navroʻziy) narkotik moddalar savdosi uchun jazoni oʻtayotgan boʻlgan. Husinov esa koʻchadagi mushtlashuv chogʻida fuqaroni kaltaklab oʻldirgani uchun qamoqqa tushgan.
Tergov qoʻmitasi tomonidan garovga olish va axloq tuzatish muassasalari faoliyatiga toʻsqinlik qilish moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.