So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Birlashgan Qirollikdagi qarama-qarshiliklar: nega inglizlar notinch?
To'polonlar dastlab 29-iyul kuni Southport shahrida uchta yosh qizning fojiali pichoqlanishi bilan boshlandi. Biroq, vaziyat internetda tarqalgan noto'g'ri ma'lumotlar tufayli keskinlashdi.
Birlashgan Qirollik, aniqroq aytganda Angliyani bir qator hududlarida, jumladan Aldershot, Birmingham, Blakborn, Blakpul, Bolton, Bristol, Darlington, Hartlipul, Hay Vaikomb, Hall, Lidz, Lester, Liverpul, London, Manchester, Midlzsbro, Nottingham, Sheffild, Southampton, Southport, Ueykfildda namoyishlar, notinchlik 10 kundan beri davom etmoqda.
To'polonlar dastlab 29-iyul kuni Southport shahrida uchta yosh qizning fojiali pichoqlanishi bilan boshlandi. Biroq, vaziyat internetda tarqalgan noto'g'ri ma'lumotlar tufayli keskinlashdi. Noxolis mish-mishlar tarqalib, go'yoki gumondor musulmon muhojir ekanligi va u Ingliz kanalidan kichik qayiqda mamlakatga kirgani aytildi. Bu g'ayri-muhojirlik kayfiyatini qo'zg'adi va o'ng qanot guruhlarining boshpanasizlar va masjidlarga hujum qilishlariga olib keldi.
Ta'kidlash joizki, aslida ayblanuvchi gumondor muhojir emas, u Buyuk Britaniyada tug'ilgan. Britaniya hukumati odamlarni noto'g'ri ma'lumot tarqatmaslikka chaqirib, zo'ravonlikni qoralashini bildirdi.
Bir qator ijtimoiy tarmoqlarda butunlay asossiz bo'lgan da'volar qilinmoqda, Buyuk Britaniya aholisi esa qaysidir ma'noda ikkiga bo'lingan. Birinchi toifa - vaziyatga og'irbosiqlik bilan yondashib, vaziyatni konstruktiv hal qilish kerak ekanligi, faqat jinoyatchining o'zini jazolash kerakligi, ushbu noxush ish faqat uni qilgan jinoyatchiga tegishli ekanligini aytsa, ikkinchi - radikal o'ngchilar mamlakatdan muhojirlarni, ayniqsa musulmonlarni deportatsiya qilish kerakligini, ular ingliz jamiyatiga mos tushmasligini ta'kidlamoqda.
E'tiborga loyiq jihati, politsiya hozircha ushbu noroziliklarga o'rinli qarshilik bildirib, muhojirlarni haminqadar himoya qilyapdi. Shuningdek, bir qator faol britaniyalik musulmon blogerlar musulmonlardan muayyan joylarga ma'lum soatlarda bormay turishni aytib, ogohlantirdi.
https://x.com/mohammed_hijab/status/1820056969836626400
Ultra-o'ngchilar bundan tashqari qora tanlilarga nisbatan ham diskriminatsiya "poygasi"ni boshlab yubordi. Ba'zi ayirmachi Britaniya fuqarolariga ko'ra, Birlashgan Qirollik faqat oq tanlilarga tegishli ekan. Bunga javoban qora tanli fuqarolar ham mamlakatda oq tanlilar kamayib ketgani, qora tanli fuqarolar ayni damda aholining uchdan ikki qismini tashkil etishini ko'rsatuvchi statistikani ro'kach etmoqda.

Voqealar qanday yakun topishi hozircha noma'lum.
Hidāyäthan Ātāgäldi oğlı