So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
"Women in Tech" O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi
"Women in Tech" notijorat tashkiloti Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda o‘z ishini boshladi.
Tashkilot xotin-qizlarning fan va texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatga erishishlarida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Tashkilotning bosh ofisi Parijda joylashgan, shuningdek, 48 mamlakatda filiallari mavjud.
O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2-mart kuni Toshkent shahrida "Women in Tech" tashkiloti faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan o‘tkazilgan rasmiy ochilish marosimida O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova, IT Park Uzbekistan, shuningdek, Respublikaning yirik IT-kompaniyalari vakillari hamda IT sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishdi. Ma’lumot o‘rnida, mazkur tadbirda ishtirok etish uchun 600 nafardan ortiq kishi ro‘yxatdan o‘tdi.
Statistik koʼrsatkichlarga nazar solganimizda, yurtimiz ilmiy taʼlim muassasalarida 660 ayol fan doktori, 7 akademik mehnat qilayotgani, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarida esa 3 mingga yaqin xotin-qiz tadqiqot olib borayotgani maʼlum boʼladi. Demak, oʼz-oʼzidan ravshanki, bu koʼrsatkich hali yanada oshadi. Chunki ilm-fan orzusi bilan yonib yashayotgan xotin-qizlar soni juda koʼp. Har qanday xalqning yetuklik darajasini, avvalo, ayollarning ilmiy-madaniy kamoloti belgilab berishi, oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratishlari hammamizga yaxshi ayon.
Ochilish marosimida, shuningdek, maxsus mehmon - xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro ekspert, PauseFest, TEDx Ist, UFM Business Forum, GMI Summit va LEAP kabi global tadbirlar ishtirokchisi, Women in Tech Global kompaniyasi asoschisi Ayumi Mur Aoki ham qatnashdi. Dunyoning TOP 100 nafar yetakchi ayollar ro‘yxatida bo‘lgan Aoki o‘z fikrlarini bildirar ekan, “Women in Tech” hozirda 200 000 dan ortiq a’zoga ega ekanligi va 2030-yilgacha STEAMda 5 million ayol va qizlarni o‘z atrofiga jamlashni maqsad qilinganini ta’kidladi:
“Biz O‘zbekistonda Tashkilotimiz faoliyatini rasman ishga tushirganimiz hamda texnologiya sohasida ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga ishtiyoqmand ayol-qizlarni rag‘batlantirishdan juda xursandmiz. Bizning vazifamiz – O‘zbekiston ayollariga texnologiya sohasida muvaffaqiyat qozonishlari va o‘z sohalarida yetakchi bo‘lishlarida ularni qo‘llab-quvvatlash, zarur resurslar va imkoniyatlar taqdim etishdan iborat”
Ayollar texnologiya kelajagini shakllantirish, innovatsiyalarni rag'batlantirish va sanoat taraqqiyotini rivojlantirishda tobora muhim rol o'ynamoqda. Ular sohaga noyob istiqbollar, tushuncha va tajribalarni olib kelishadi, ularning iqtidori, ijodkorligi va yetakchiligini yorqin kelajak qurishga safarbar qilish mumkin. Shu kabi ilhomlantiruvchi fikrlar panel muhokamalari va taqdimotlari markazida bo‘ldi.
“Fan va texnologiya sohasida ishlaydigan ayol sifatida men "Women in Tech" hamjamiyatining bir qismi bo‘lganimdan va texnologiyada gender tengligini targ‘ib qilish ishtiyoqi bilan o‘rtoqlashgan hamfikrlar bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman”, - dedi ochilish marosimi ishtirokchisi. "Men bu kabi tashabbuslar to'siqlarni bartaraf etish va yanada inklyuziv va adolatli texnologiya sanoatini yaratish uchun muhim deb hisoblayman".
Ma’lumki, turli sohalarda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlar imkoniyatini kengaytirish bugun O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu borada qabul qilingan qarorlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning rolini oshirishni ko‘zda tutadi. Lekin shunga qaramay butun dunyoda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ayollarning iqtisodiy faolligi erkaklarnikiga nisbatan past. 2021-yil yakunlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich ayollar orasida 41,3 foizni, erkaklar orasida esa 56,9 foizni tashkil etdi.
"Women in Tech" tashkilotining esa O‘zbekistonda faoliyat olib borishi texnologiya sohasidagi gender tafovutini bartaraf etish bo‘yicha amalga ishirilayotgan ishlarda ko‘makchi vosita bo‘lib qo‘shiladi.