So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
SIUT Oʻzbekistondagi eng talabgor universitetlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti (SIUT) Scienceweb talqiniga koʻra, Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari ilmiy tadqiqotlar milliy maʼlumotlar bazasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Aytish joizki, SIUT mamlakatdagi eng yosh universitetlaridan biridir. Fevral oyida uni ochilganiga 2-yil boʻladi.
SIUT universitetining boshqa oliy taʼlim muassasalridan asosiy farqi bu oʻquv dasturlariga eng ilgʻor xalqaro muhandislik taʼlim standartlarini joriy etish, shuningdek, 16 ta mamlakatdan kelgan 30 dan ortiq tajribali professorlarni oʻquv jarayoniga jalb qilish, oʻquv kurslarini iqtisodiyotning real sektori talablariga tez va ihcham holda moslashtirishdan iboratdir.
Scienceweb (Scienceweb.uz) talqiniga koʻra, 2023-yil ohirida SIUT Oʻzbekiston universitetlari ilmiy tadqiqotlar milliy maʼlumotlar bazasida ikkinchi oʻrinni egalladi. Tanlov mezonlari sifatida universitetlarda va tadqiqot markazlarida ishlaydigan olimlarning umumiy oʻrtacha H-INDEX darajasi, shuningdek, ularning Scopus, Web of Science, Google Scholar kabi maʼlumotlar bazalarida indekslangan ilmiy nashrlarda chop etilgan tadqiqotlari bilan bogʻliq havolalar soni qarab tayinlangan.

Aytish joizki, Stenford universitetining (AQSH) oʻtgan yili oktyabr oyida nashr etgan maʼlumotlariga koʻra, SIUT matematika fani boʻyicha professor Moxammed Kaabar 2023-yilda ilmiy ishlari jahon miqyosida 2 % eng koʻp tilga olingan olimlarning biri deb tan olingan.
2023-yilda SIUT ga 200 ga yaqin talaba konchilik, geologiya, neft va kimyo muhandisligi, axborot texnologiyalari kabi yetakchi sohalarda taʼlim olish uchun oʻqishga qabul qilindi.
Eʼtiborlisi, 67 nafar iqtidorli yoshlar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar SIUT Vasiylik kengashi raisi Baxtiyor Fazыlov tomonidan joriy etilgan mahsus grantlarni qoʻlga kiritishdi.
Endilikda talabalar va oʻqituvchilarni yangi imkoniyatlar kutmoqda - SIUT universiteti jahon standartlari darajasidagi laboratoriyalar bilan jihozlangan yangi kampusda koʻchib oʻtadi. Bu talabalarga zamonaviy sharoitlarda taʼlim olish, shu bilan bir qatorda muhandislik fanlari boʻyicha bilim va koʻnikmalarini yanada kengaytirish imkonini beradi.