So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Sevikli sementchilar uchun soliq 4 barobarga kamaytiriladimi?
*Maqoladagi fikrlar tahririyat pozitsiyasi bilan toʻgʻri kelmasligi mumkin
Ekologiyamiz, yerimiz, suvimiz, havomizni bulgʻayotgan sement ishlab chiqaruvchilarni hukumatimiz judayam yaxshi koʻradi.
Sementchilarga rasmiylarimizning muhabbati shunchalar balandki, ular oʻzi ishlab chiqqan byudjetnomada sement ishlab chiqarishga moʻljallangan ohaktosh boʻyicha belgilangan 22 500 soʻm soliq stavkasi 1 tonna uchun 11 250 soʻmgacha pasaytirilishi aytilgan boʻlsada, parlamentga kiritilgan qonun loyihasida soliq stavkasini tonnasiga 6 ming soʻm etib belgilash taklif etilgan.

Yaʼni, byudjetda pul yoʻq deb ayyuhannos solinayotgan bir paytda sementchilar uchun soliqlarni 4 barobarga kamaytirishmoqchi.
Nima uchun? Qanday iqtisodiy asoslarda? Benefitsiarlari Xitoy va ofshorlarda boʻlgan sementchilar och qolayaptimi? Yo hattoki qirgʻiz va tojik ishlab chiqaruvchilariga ham raqobatda bardosh bera olishmayaptimi?
Sementchilarga berilayotgan imtiyoz tufayli yoʻqotiladigan bir necha yuz milliard soʻm qanday qoplanadi? Kichik va oʻrta biznes boʻyniga milliardlab jarima yuklash bilanmi? Yoki boshqa tepaga kanali yoʻq bizneslar uchun yangi soliqlar oʻylab topiladimi?
Neft va gaz uchun ikki-uch karra kamaytirilgan soliqlar qanday natija berdi? Kimdir hisobot beradimi? Gaz ham yoʻq, soliq ham yoʻq. Shumidi reja? Darvoqe, xuddi sementchilar singari neft va gaz boʻyicha imtiyoz olganlarning choʻntagi xorijda boʻlganlar ediku, toʻgʻrimi?
Balki sabablar shu bilan bogʻliqdir? Yer osti boyliklaridan chiqadigan rentani chetga tashib ketishni osonlashtirish uchunmi hammasi?
Iqtisodchi Otabek Bakirov