So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Oʻzbekistonda Gonkong grippi qayd etilgani rasman tasdiqlandi
Soʻngi haftada respublika aholisi oʻrtasida OʻRI bilan kasallanish oʻtgan haftaga nisbatan 25,5 foizga kamaygan, Toshkent shahrida 25,4 foizga kamayganligi kuzatildi. Bu haqda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi rahbariyati ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida xabar berildi.
OʻRI kasalligi koʻrsatkichlarida epidemik boʻsagʻadan (epidemik parog) 34,3 foizga pastligi kuzatilmoqda.
Bolalarning oʻtkir respirator infeksiya bilan kasallanish yoshma-yosh tahlil qilinganida: kasallanishni eng yuqori koʻrsatkichi 0-1 yoshdagi bolalar oʻrtasida roʻyxatga olingan boʻlib, intensiv koʻrsatkich shu yoshdagi 100 ming bola soniga nisbatan 368.3 ni tashkil etmoqda.

“Bunga OʻRI bilan kasallangan bemorlarni alohidalamaslik, bemor bolalarni taʼlim muassasalariga yuborish hamda shifokor bilan maslahatlashmasdan oʻzboshimchalik bilan davolanish asosiy sabablar boʻlmoqda”, — dedi Nurmat Atabekov.
Gripp va oʻtkir respirator infeksiyalar bilan ogʻrigan bemorlarni davolash maqsadida respublika boʻyicha 8838ta bemor oʻrinlari yaratilgan boʻlib, ularda 6000 nafar bemor davolanmoqda.
Qoʻmitaning hududiy laboratoriyalari tomonidan bemorlardan olingan laborator tahlil natijalariga koʻra grippning A (H3N2) turi aniqlanmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, Gonkong grippi A grippi virusining H3N2 serotipidan kelib chiqqan oʻtkir respirator kasallik boʻlib, kasallikning bu shtammi H3N2 deb ataladi. Kasallikning oʻlim darajasi 0,5 foizdan oshmaydi.
Gripp A (H3N2) bu kasallik uchun klassik simptomlar bilan yuzaga keladi, bu oddiy gripp virusi keltirib chiqaradigan xarakterli alomatlardan farq qilmaydi.
Ular orasida:
- tanadagi ogʻriqlar;
- umumiy zaiflik va uyquchanlik;
- bosh ogʻrigʻi va bosh aylanishi;
- mushak ogʻrigʻi;
- yuqori harorat (koʻpincha 39 darajadan yuqori);
- koʻngil aynishi va diareya;
- koʻzlardagi ogʻriq,
yosh va ogʻriq;
- tomoq ogʻrigʻi va quruq yoʻtal.