Qidirish

18:20 / 2023-12-06 406 0 Hodisalar

“Hududlarda tashkil etilgan kooperatsiya yarmarkalarida 19,1 mlrd. soʻmlik 111 ta tarmoqlararo hamkorlik shartnomasi tuzildi” — “Oʻzsanoatqurilishmateriallari”

world-news

Bugun, 6-dekabr kuni AOKAda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan oʻtkaziladigan “Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish, import oʻrnini bosuvchi sifatli mahsulotlar turini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Mazkur matbuot anjumanida uyushma rahbariyati ishtirok etib, Oʻzbekistonda qurilish materiallari sanoatidagi soʻnggi yangiliklar, ishlab chiqarish, investitsiya, eksport boʻyicha toʻliq maʼlumot berishdi.

Maʼlum qilinishicha, Prezidentning 2022-yil 24-yanvardagi qarori bilan talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha tasdiqlangan manzilli dasturga muvofiq, joriy yilda 17 ta loyihalarda jami 1837,0 mlrd.soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilishi belgilangan.

Ushbu topshiriq joriy yil yanvar-noyabr oylarida 1 trln. 783,4 mlrd.soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, rejaga nisbatan 105,4 foiz oʻsish taʼminlandi hamda yil yakuni bilan 1 trln 840 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish kutilmoqda.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarda soha korxonalari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun ishlatiladigan xomashyolar, xususan, keramik plitkalar, sement, bezakli oynalar, issiqlik saqlovchi materiallar, quruq qorishmalar, glazurlangan keramogranit, olovbardosh gʻishtlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, yangi turdagi innovatsion va energiya samarador boʻlgan gazobeton, shisha tolasidan issiqlik saqlovchi materiallarni jahon standartlariga mos qilib ishlab chiqarish oʻzlashtirildi.

Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida joriy yilda hududlarda tashkil etilgan kooperatsiya yarmarkalarida 19,1 mlrd. soʻmlik 111 ta tarmoqlararo hamkorlik shartnomasi tuzildi. Elektron savdo platformasida doimiy ravishda 20 dar ortiq turdagi qurilish materiallari joylashtirib kelinmoqda.

Shuningdek, “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan soha korxonalari ehtiyoji uchun kimyoviy moddalar DSP yelimi tayyorlash uchun “Formalin-37%” va “Karbamid A” (“Termiz taʼminlash butlash” MCHJ) yetkazib berish amalga oshirilmoqda.

Joriy yil yakunga qadar 693 mln dollarlik qurilish mahsulotlari import qilinishi, oʻtgan yilga nisbatan 19 mln dollarga (97 foizga) kamayishi kutilmoqda.

Import tarkibini asosan yogʻoch-qirindi plitalari (119 mln doll.), gʻulqogʻoz (69 mln doll.), keramik plitkalar (41 mln doll.), sanitar keramika mahsulotlari (14 mln doll.) tashkil etgan.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida hamda tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hisobiga import hajmlarini kamaytirish choralari koʻrilmoqda.

Xususan, sement, keramik plitkalar, keramogranit, quruq qorishmalar, PVXdan quvur va fitinglar kabi koʻp hajmda import boʻlayotgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish maqsadida sohada joriy yil yakuniga qadar qariyb 2,0 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari oʻzlashtirish rejalashtirilgan.

Qurilish materiallari sohasini rivojlantirish, mahalliy tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish orqali mahsulotlar importini qisqartirish boʻyicha quyidagi takliflar tegishliligi boʻyicha vazirlik va tashkilotlarga bildirilgan.

Jumladan;

- sement importini optimallashtirish maqsadida Sement korxonalari uchun yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ohaktosh tannarxining 5 foizi (yoki 1500 soʻm) miqdorida etib qayta tiklash;

- mahalliy oyna ishlab chiqaruvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, TIF TN kodi 7005 boʻlgan qurilish oynasi importiga notarif choralarni, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi №51-sonli farmonini qayta qoʻrib chiqish va oʻzgartirish kiritish.

Bunda import boʻlib kirib kelayotgan barcha turdagi qurilish oynasiga 20 foiz miqdorda aksiz soligʻi joriy etishni nazarda tutish lozim qoʻllash.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi №51-sonli farmoniga asosan TIF TN kodi 7005 boʻlgan qurilish oynasi 2025-yil 1-yanvarga qadar import qilishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan.

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” matbuot xizmati

Izohlar 0

Fikr bildirish