So`ngi yangiliklar
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Namanganda qizamiqqa chalingan bolalar uchun davolanish oʻrinlari yetarli – Sanepidqoʻmita
Sanepidqoʻmita Namangan viloyatida qizamiqqa chalingan bolalar soni keskin oshib ketayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida rasmiy axborot berdi.

Viloyatda Qizamik kasalligi bilan gumon qilingan bemorlarni statsionar davolash uchun 340 shifo oʻrin tashkil etilgan, bundan 240 shifo-oʻrni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida, 100 shifo oʻrni viloyatning Beshkapa bolalar sihatgohida tashkil etilgan.
Shundan, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 240 oʻrinda 235 ta davolanmokda, 5 shifo-oʻrni zaxirasi mavjud, Beshkapa bolalar sihatgoxida 100 oʻrinda 2 yoshdan yuqori bemorlardan 20 nafari davolanmokda, 80 shifo-oʻrni zaxirasi mavjud. Xozirgi kunda, viloyatda jami 85 shifo-oʻrni zaxirasi bor, 285 ta bemordan 62 foizi 1 yoshgacha bolalar, 25 foizi 1-3 yoshdagi bolalar. Bugungi kunda viloyatda diagnostikum, reagent va vaksinalar yetarlik miqdorda zahirasi yaratilgan.
Viloyatga 9500 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi berilgan boʻlib, jami 1936 nafar bolalar epidemiologik koʻrsatma asosida qizamiq kasalligiga qarshi vaksina bilan emlangan. Hozirda davolash profilaktika muassasalari emlash xonalarida 310 doza qizamiq-qizilcha vaksinasi zaxirasi mavjud. 2023-yil 10 oyi davomida viloyat boʻyicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.
Maʼlumot oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, joriy yilning noyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti hisobidan 3 mln. doza qizamiqqa qarshi vaksinalar xarid qilindi. Ushbu vaksinalar epid koʻrsatma boʻyicha emlanadigan qatlam, maʼlum sabablarga koʻra emlashdan qolib ketgan bolalar hamda xavf guruhiga kiruvchi, qizamiq kasali boʻlgan bemor bilan muloqotda boʻlgan 6 oydan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni emlash uchun moʻljallangan, va ayni vaqtda hududlarga tarqatilmoqda.



