So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda 500-yillik tarixiy masjidga plastik romlar oʻrnatildi
Ijtimoiy tarmoq faoli N.Butorina Facebook ijtimoiy tarmogʻida Buxoro viloyatida joylashgan “Masjidi Kalon” masjidiga plastik va alyuminiy romlar oʻrnatilgani toʻgʻrisida post eʼlon qildi. Mazkur hodisa Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Maʼlum boʻlishicha, Buxoro shahridagi “Masjidi Kalon” masjidi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasiga asosan Musulmonlar idorasining Buxoro viloyati vakilligiga masjid sifatida foydalanish uchun topshirilgan.

“Murojaatda koʻrsatib oʻtilgan plastik va alyuminiy romlar 2016-yilda namozxonlarga qulayliklar yaratish maqsadida masjid maʼmuriyati tomonidan oʻrnatilgan.
Hukumat tomonidan tasdiqlangan “Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va taʼmirlash-tiklash boʻyicha 2023-yilgi Manzilli dastur”ga asosan “Masjidi Kalon”ni ham restavratsiya qilish, taʼmirlash-tiklash va obodonlashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi hamda tegishli tashkilotlar tomonidan maʼqullangan.
Hozirda mazkur loyiha asosida masjidni restavratsiya qilishning 1 bosqichi doirasida tom qismini taʼmirlash hamda konstruktiv jihatdan mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.
Loyihaga koʻra, masjiddagi plastik va alyuminiy romlarni binoning arxitekturasiga mos keladigan anʼanaviy yogʻoch romlarga almashtiriladi. Mazkur ishlar taʼmirlashning 2-bosqichida amalga oshirilishi belgilangan.
Shuningdek, murojaatda aytib oʻtilgan obyektga kirish biletlarining pullik ekanligi masalasi yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Haqiqatan ham masjidga mahalliy va xorijiy sayohatchilar uchun kirish pullik boʻlib, namozxonlar va ziyoratchilar uchun alohida kirish joylari mavjud boʻlib ulardan yigʻim undirilmaydi. Obyektga kirish biletlarini sotishdan tushgan mablagʻlar obyektni saqlash va joriy taʼmirlash ishlariga sarflanadi.
Bu kabi holatlarga keng jamoatchilikning befarq boʻlmagani hamda madaniy meros obyektlarini asrab-avaylashda oʻz xissalarini qoʻshayotganliklari uchun Agentlik minnadorchilik bildiradi”, — deyiladi munosabatda.