So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Yevgeniy Prigojinni Sankt-Peterburgga dafn etishdi
Qarindoshlari xohlashgani uchun dafn marosimi “yopiq formatda” boʻlib oʻtgan.
“Vagner” matbuot xizmati Yevgeniy Prigojinning dafn marosimi “yopiq formatda” boʻlib oʻtgani va “xayrlashmoqchi boʻlganlar “Poroxovskoye” qabristoniga tashrif buyurishganini aytib oʻtdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Xabaringiz bor, Prigojin 23-avgust kuni Tver viloyatidagi aviahalokat oqibatida halok boʻldi. U bilan birga bortda boʻlgan yana toʻqqiz kishining oʻlimi tasdiqlandi. Ular orasida “Vagner” oʻrinbosari Dmitriy Utkin ham bor edi. Dastlab “Vagner” rahbari bortdagi yoʻlovchilar roʻyxatida boʻlgani aytildi, ammo Rossiya tergov qoʻmitasi uning oʻlimini 27-avgustda tasdiqladi.
Bungacha Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov uning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi. Kreml Prigojinning dafn marosimida Putin qatnashmasligini maʼlum qildi.
29-avgust kun boʻyi jurnalistlar Sankt-Peterburg atrofida dafn kortejlari harakatini kuzatib bordi, biroq Prigojin qayerda va qachon dafn etilishi haqida aniq maʼlumot yoʻq edi.
“Poroxovskoye” qabristonida Prigojin “taxminan soat 16:00 da” dafn etilgani aytildi. Nega dafn etilgan joy haqida avval xabar berilmagani haqidagi savolga: “Qarindoshlar shuni xohlashdi”, deb javob berildi.