So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Ikkinchi ustozlar milliy forumi” o‘z ishini boshladi
Toshkent tumanida "Sifatli ta’lim – kuchli jamiyat" shiori ostida “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” o‘tkazildi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, ustozlarga yangi metodik qo‘llanmalar va darsliklarda kuzatilgan o‘zgarishlar, metodik yordam hamda o‘quvchilarga dars berish jarayonini qiziqarli tashkil qilish masalalariga bag‘ishlangan forumni Toshkent tumani hokimi Odilxon Rustamov ochib berdi.
Forum ishida Toshkent viloyati senatori Maqsuda Vorisova ham ishtirok etib, tadbir ishtirokchilari, ya’ni tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari, ma’naviyat bo‘yicha o‘rinbosarlari, psixologlar, gumanitar fan o‘qituvchilari hamda bog‘cha mudiralari bilan "Yangi O‘zbekistonda ta’lim taraqqiyoti" mavzusida suhbatlashdi.
Tadbir doirasida Toshkent tumani umumta’lim maktablarida va maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan, o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan ustozlar tuman hokimi tomonidan taqdirlandilar.
2023-2024-o‘quv yili boshlanishi arafasida o‘tkazilgan Forum davomida fan yo‘nalishlari bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘lingan o‘qituvchilarga malakali pedagoglar tomonidan master klass darslari tashkil etildi.



