So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarilmoqda
Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi Oʻzbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganligi haqida xabar bermoqda.
Aytilishicha, Oʻzbekistonda “Lochin” nomli xalqaro texnika talablariga toʻliq javob beradigan uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
“Ikki xil maqsadda foydalanishga moʻljallangan mazkur milliy loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor Oʻzbekistonda oʻzlashtirildi va yoʻlga qoʻyildi”, — deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, markaz uchuvchisiz aviatsiya majmualarini ishlab chiqarish, yigʻish, taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun zarur yigʻuv jamlanmalari, texnologik va maxsus uskunalar, tekshirish (test laboratoriya) moslamalari kabi texnologik jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan. Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi tomonidan markazni yosh kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, yetakchi xorijiy davlatlarda stajirovkasini tashkil etish va malakasini oshirish yoʻli orqali uchuvchisiz aviatsiya sohasidagi mutaxassis kadrlar bilan butlash amalga oshirilmoqda.
“Milliy brend ostida ishlab chiqilgan samolyot va kvadrokopter turidagi ”Lochin“ uchuvchisiz uchish apparati bir qancha maqsadlarda foydalanishga moʻljallangan boʻlib, razvedka qilish, zarba berish, real vaqt rejimida kuzatish, maʼlumot olish, artilleriya oʻt ochish jarayonini boshqarish kabi vazifalarni bajarish bilan bir qatorda qishloq xoʻjaligi, neft va gaz, oʻrmon xoʻjaligi, temir yoʻllar, geologiya, qidiruv sohalarida kartografiya, topogeodeziya, ekinlarni defoliatsiya qilish, qoʻriqxonalarni, yoʻllarni, ijtimoiy infratuzilma hamda muhim obyektlarni kuzatib borish va boshqa maqsadlarda foydalanish imkoniyatini beradi”, — deya taʼkidlanadi xabarda.