So`ngi yangiliklar
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistondagi voqealarga munosabat bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda davom etayotgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Qozogʻistondagi voqealarga munosabat bildirdi:
"Soʻnggi kunlarda biz uchun yaqin qoʻshni va qardosh boʻlgan Qozogʻiston Respublikasida sodir boʻlgan voqealar hammamizni jiddiy tashvishga soldi.
Biz ming yillar davomida qozoq xalqi bilan yaqin qoʻshni boʻlib, birgalikda yonma-yon yashab kelganmiz. Bizni umumiy tarix, urf-odat va madaniyat bogʻlab turadi. Kelajagimiz ham oʻzaro chambarchas bogʻliqdir".
Shuningdek Prezident shu kunlarda Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan bir necha bor telefon orqali muloqot qilganini aytib oʻtgan. Suhbatlarda Oʻzbekiston xalqi butun Qozogʻiston eli va rahbariga barqarorlik hamda farovonlikni taʼminlash borasidagi barcha saʼy-harakatlarini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini bildirgan
Davlat rahbari ushbu voqealarda qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va barcha yaqinlariga yana bir bor chuqur taʼziya va hamdardlik izhor qilib, jabrlangan insonlar ham tez orada sogʻayib ketishiga tilakdosh ekanini bildirdi.
"Yaratganga shukrki, qoʻshni mamlakatdagi vaziyat asta-sekin oʻz iziga tushib bormoqda, davlat tuzilmalari va ijtimoiy muassasalar oʻz faoliyatini qayta tiklamoqda, odamlar osoyishta hayotga qaytmoqda.
Oʻz oʻtmishida koʻplab murakkab sinovlarni boshidan kechirgan donishmand qozoq xalqi bu ogʻir kunlarni ham tez orada mardona yengib oʻtishiga hamda yanada yakdil va hamjihat boʻlishiga ishonaman", - deydi Prezident.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.



