So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
“Putin Ukrainaning irodasini «sindirish”ni maqsad qilgan» — ISW
Urushni oʻrganish instituti tahlilchilari hozirgi vaziyatda Ukraina oldida 3 tu yoʻl borligini aytishdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada hali ham gʻalaba qozonishdan umidvor, biroq Ukraina armiyasining muvaffaqiyatli hujumlari uni muzokara stoliga oʻtirishga majbur qilishi mumkin, deyiladi ISW (Urushni oʻrganish instituti) tahlilchilari hisobotida.
“Na Ukraina, na Gʻarb Putinni murosaga kelish kerakligiga ishontira olmadi. Buning oʻrniga Putin oʻzining asl harbiy maqsadlariga choʻzilgan mojaro orqali erishishga eʼtibor qaratmoqda.
U bor kuchini ishga solib yoki Ukrainani irodasini sindirish yoʻli bilan gʻalaba qozonishni maqsad qilgan. Shuningdek, ruslar yetakchisi Gʻarb Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdan voz kechishini kutmoqda” — deyiladi hisobotda.
Mutaxassislarning fikricha, rus armiyasining Baxmut, Avdiivka atrofida hamda front chizigʻi boʻylab Lugansk va gʻarbiy Donetsk viloyatlaridagi hujumlari davom etayotgani Putin hali ham gʻalaba qozonishga urinayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, Putin va-bank qilishdan qoʻrqadi va faqatgina gʻalaba qozongandan soʻng, muzokara stoliga oʻtiradi.
Shu munosabat bilan, tahlilchilar Ukrainada uchta variant bor degan xulosaga kelishdi:
halokatli magʻlubiyatga olib keladigan harbiy harakatlarni toʻxtatish;
Front chizigʻini ushlab turish uchun cheklangan harbiy operatsiyalarni oʻtkazishda davom etish, ammo bu yurish Putinni keyingi hujumlarga undaydi;
Putinni muzokaralar stoliga oʻtirishga koʻndirish uchun qarshi hujumni boshlash yoki Kiyev va Gʻarb ittifoqchilari urushni amalda toʻxtata oladigan harbiy voqelikni yaratish.
Maʼlumot oʻrnida, 26-mart holatiga koʻra, Rossiyaning Ukrainaga keng koʻlamli bosqin boshlanganidan beri umumiy yoʻqotishlari taxminiy ravishda 170 550 nafarni tashkil etmoqda.