So`ngi yangiliklar
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Tarixni “yoʻq” qilgan shaxslar qamaldi
Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlar endilikda oʻz qilmishlariga javob berishlariga toʻgʻri keladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni muhofaza qilish, ushbu maskanlarda qonunbuzilishi holatlariga chek qoʻyish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, shlakoblok ishlab chiqaruvchi MCHJ rahbari A.U. 2019-yilda hokimiyat tizimidagi mansabdor shaxslar bilan kelishgan holda qalbaki hujjatlar asosida, Nurafshon shahridagi “Ulkan Toʻytepa” arxeologiya yodgorligi hududining 30 sotix yer maydonini oʻz nomiga rasmiylashtirib olgan.
2020-2021-yillar davomida u mazkur yer maydonida shlakoblok ishlab chiqarishi va bu uchun kerak boʻladigan inshootlarni qurishi oqibatida madaniy meros obyektiga 306 mln. 720 ming soʻm miqdorida zarar yetkazgan. Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Natijada jinoyat ishlari boʻyicha Nurafshon shahar sudining hukmiga asosan A.U. Jinoyat Kodeksining 132 va 228-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shuningdek, 2018-yilda Qibray tumanidagi “Qilichli ota” ziyoratgohida qayta taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MCHJga 355 mln. 473 ming soʻm miqdorida byudjet mablagʻi ajratilgan.
Biroq, MCHJ rahbari N.H. bajarilgan ishlar boʻyicha tuzilgan hisob-fakturalarga soxta maʼlumotlar kiritib, amalda bajarilmagan ish hajmini qoʻshib yozish orqali 263 mln. 286 ming soʻm miqdoridagi mablagʻni talon-toroj qilgan. Mazkur holat yuzasidan ham jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Qibray tuman sudining hukmiga asosan N.H. Jinoyat Kodeksining 167 va 228-moddalari bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



