So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Turkiyada yana zilzila sodir boʻldi
Zilzila Toshkent vaqti bilan 00:31 atrofida sodir boʻlgan va 10 soniya davom etgan.
Kecha, 18-fevral kuni Turkiyada 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda Yevropa-Oʻrtayer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Zilzila epitsentri 376 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Qahramonmarash shahridan 54 km shimoli-gʻarbda joylashgan. Manba 10 km chuqurlikda joylashgan.
Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) maʼlumotlariga koʻra, zilzila Toshkent vaqti bilan 00:31 atrofida sodir boʻlgan va 10 soniya davom etgan.
Yerosti silkinishlari Qahramonmarash hamda qoʻshni Adiyaman va Gaziantep viloyatlarida ham sezilgan.Mumkin boʻlgan yangi vayronagarchiliklar haqida maʼlumot hali olinmagan.
Rasmiylar har qanday vaqtda qulashi xavfi tufayli aholidan shikastlangan binolardan uzoqroq turishni soʻragan Qandilli seysmik stansiyasi maʼlumotlariga koʻra, zilzila magnitudasi 5,3 ballni tashkil qilgan.