So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
“Yigʻilgan yordamning har bir lirasi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga sarflanadi” — Erdogʻan
Turkiya prezidenti vatandoshlarini vayronkor zilzilalar oqibatlariga qarshi birlashishga chaqirdi.
Davlat barcha saʼy-harakatlarini epitsentri Qahramonmarashda boʻlgan vayronagarchilik zilzilalari oqibatlarini bartaraf etishga qaratdi. Ishlarga ofat koʻlami toʻsqinlik qilmoqda. Bu haqda juma kuni Turkiya prezidenti Rejep Toyyip Erdogʻan Adiyaman viloyatiga yetib kelganida maʼlum qildi.
Turkiya prezidenti vatandoshlarini vayronkor zilzilalar oqibatlariga qarshi birlashishga chaqirdi.
“Yigʻilgan yordamning har bir lirasi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga sarflanadi. Hukumat uchun ustuvor vazifa hayotni saqlab qolishdir. Rasmiylarning bu boradagi pozitsiyasining samimiyligiga shubha qilish mumkin emas”, - dedi u.
Erdogʻan tabiiy ofat zonasiga yordam koʻrsatish boʻyicha rejalashtirilgan ishlar – yaqin kunlar, haftalar va oylarda koʻrsatilishi muhimligini taʼkidladi.
U, Vazirlar Mahkamasi falokat zonasida jabr koʻrgan har bir oilaga 15 ming liradan yordam toʻlashga tayyorlanayotganini aytdi. Shu bilan birga, tabiiy ofat zonasida chodirli shaharchalarda qolishni istamagan fuqarolarga bir yil muddatga uy-joy ijarasi beriladi.
Turkiya prezidenti halokatli zilzilalardan jabr koʻrgan viloyatlarni keng koʻlamli qayta qurish boʻyicha hukumat dasturi tayyorlanayotganini maʼlum qildi.
Erdoʻgʻon aholini tabiiy ofat zonasiga oʻz-oʻzidan yordam yetkazishga intilmay, uni taniqli tuzilmalar, jumladan Turkiya hukumati qoshidagi Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) va Qizil yarim oy jamiyati kanallari orqali yuborishga chaqirdi.
Siyosatchi fuqarolar tomonidan AFAD hisobiga oʻtkazilgan yordamning har bir lirasi zilzila oqibatlarini bartaraf etish choralariga sarflanishiga ishontirdi.
Unga koʻra, Turkiya prezidenti tabiiy ofat zonasining 76 mingdan ortiq aholisi mamlakatning boshqa hududlariga evakuatsiya qilinishini maʼlum qilgan.