So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Qirgʻizistonlik chegarаchilar oʻzbekistonliklarga yordam koʻrsatdi
Qoʻshni davlat chegarachilari xizmat vazifasidan chetga chiqqan boʻlsa-da, ularga hech qanday jazo qoʻllanilmadi.
Qirgʻizistonlik chegarachilar favqulodda holatda, oʻz xizmat vazifalirini chetga surib, oʻzbekistonlik fuqarolarga yordam koʻrsatishdi. Bu haqda Qirgʻiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining chegara xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 20-yanvar kuni Oʻzbekiston hududida Ala-Buka tumani, Oq-Tam aholi punkti roʻparasidagi Davlat chegarasi chizigʻi yaqinida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga tegishli molxona yonib ketgan.

Oʻzbekistonning chegaradosh qishlogʻi aholisi suvdan foydalana olmagani uchun Ala-Buka chegara otryadi chegarachilari suv olish uchun Qirgʻiziston hududiga devordan oshib oʻtishga ruxsat bergan. Oʻz vaqtida koʻrsatilgan yordam tufayli yongʻin tezda oʻchirildi.

“Qirgʻiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Chegara xizmati har qanday savol tugʻilganda fuqarolar eng yaqin chegara boʻlinmasiga murojaat qilib, qonunda belgilangan tartibda hal etishlari mumkinligini eslatib oʻtadi”, — deyiladi xabarda.