So`ngi yangiliklar
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Energetika vazirligi Oʻzbekiston xalqiga murojaat qildi
Energetika vazirligi sovuq kunlarda gaz va elektroenergiyaga boʻlgan talabning oshishi, ularni yetkazib berishda yuzaga kelayotgan muammolar hamda bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan Oʻzbekiston xalqiga murojaat qildi.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda sovuq haroratining keskin tushib ketishi natijasida elektr energiya va tabiiy gazga boʻlgan talab oshdi. Ushbu talabni qondirish uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi importi hajmini tezkor koʻrilgan choralar va kelishuvlar asosida maksimum darajaga oshirish hisobiga kunlik tabiiy gaz isteʼmolining 10 foizi hamda elektr energiyasining 8 foizi aynan qoʻshimcha import yordamida taʼminlanib kelmoqda.
Garchi, bugungi kundagi maksimum talabni qondirish uchun gaz quvurlari va magistral elektr tarmoqlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyati yetarli boʻlsa-da, resurslar yetarli emasligi hisobiga isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan taʼminlashda muammolar kuzatilmoqda.
Xususan, anomal sovuq tufayli 12-yanvarda qoʻshni mamlakatning tabiiy gaz qazib chiqarish konlarida yuzaga kelgan avariyaviy holat tabiiy gaz importining toʻliq toʻxtashiga va boz ustiga elektr energiyasi importining 20 foizga qisqarishiga sabab boʻldi.
Energiya resurslari taqchilligi kuzatilayotgan paytda ushbu resurslarni birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun elektr energiyasi eksporti toʻxtatildi.
Bundan tashqari, yirik sanoat korxonalariga energiya resurslarini yetkazib berish hajmi oʻrtacha 70–80 foizga qisqartirildi. Shu koʻrilgan choralarga qaramasdan respublikaning elektr energiyasi isteʼmoli eng baland koʻrsatkichga, yaʼni 250 mln kVt.soatga chiqdi. Shuningdek, tabiiy gazga boʻlgan kunlik talab qazib chiqarishga nisbatan yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.
Maʼlumot uchun: 2022-yil 31-dekabr kuni cheklov kiritilmagan va kunlik elektr energiyasi isteʼmoli 220 mln kVt.soatni tashkil etgan.
Birgina Toshkent shahrida 13-yanvar kuni elektr energiyasi isteʼmoli 32 mln kVt.soatdan ortib, turli sabablarga (avariyaviy holatlar va cheklovlar) koʻra 1 mln kVt.soat elektr energiyasi isteʼmolchilarga yetkazib berilmadi.
Tabiiy gazni aholiga yoʻnaltirish uchun issiqlik elektr stansiyalarida tabiiy gaz yoqish hajmi kamaytirilib, zaxiradagi mazut yoqilgʻisi rejaga nisbatan 3 barobarga koʻp yoqilmoqda.
Oʻtgan kuz-qish mavsumiga nisbatan joriy kuz-qish mavsumida Chorvoq suv omborida suv sathining yuqoriligi sababli gidroelektr stansiyalar tomonidan rejaga nisbatan 170 foiz elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda.
Tabiiy gaz tanqisligi kuzatilayotgan shu kunlarda isteʼmolchilar xonadonlarni isitish uchun elektr qurilmalaridan keng foydalanmoqdalar. Natijada, birgina Toshkent shahrida bugungi kun davomida tarmoqlarda yuklamalarning ortishi hisobiga 1000 dan ortiq nosozliklar yuzaga kelgan.
Nosozliklarni bartaraf etish ishlarni jadallashtirish maqsadida respublika boʻylab barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan qoʻshimcha brigadalar Toshkentga jalb qilindi.
Hurmatli vatandoshlar, albatta biz ushbu vaziyatni oʻnglash, nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha zaruriy choralarni koʻrmoqdamiz.
Mana shunday ogʻir paytda barchamiz birlashib harakat qilsak bu muammolarni yengamiz. Bunda energiya resurslaridan oqilona va imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish eng muhim omil hisoblanadi.
Buning uchun imkon qadar:
- xonadonlarda bittadan ortiq elektrda ishlaydigan isitish qurilmalaridan foydalanmaslik;
- korxonalar va tashkilotlar xodimlarini vaqtincha onlayn ish rejimiga oʻtkazish;
- ortiqcha koʻcha chiroqlarini, reklama ekranlari va illyuminatsiyalar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolardagi chiroqlarni oʻchirish;
- energiya resurslaridan noqonuniy foydalanayotgan isteʼmolchilarga chora koʻrish lozim.
Buning natijasida mazkur tejalgan energiya resurslarini aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yoʻnaltirishga erishiladi.
Hurmatli isteʼmolchilar, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga guvoh boʻlsangiz, 1154, 1104, 105 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz.
Misol uchun, oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida isteʼmolchilar tomonidan joriy kuz-qish davrida tabiiy gazdan 334 mlrd soʻmlik 3 mingta, elektr energiyasidan 135 mlrd soʻmlik 2 ming 300 ta holatda noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Hurmatli vatandoshlar, barchamiz birlashib, energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalansak, albatta ushbu muammolarni yengishga erishamiz.
Energetika vazirligi




Izohlar 3

Madusmanova Umida
2023-Jan-17 03:20
yasmin toledano
2023-Jan-17 03:23