So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Uchinchi jahon urushi boʻlmaydi. Bu trilogiya emas” — Zelenskiy
Ukraina prezidenti eng nufuzli marosimlardan biridagi videomurojaatida demokratik davlatlardan urushni toʻxtatishga yordam qilishni soʻradi.
“Oltin globus” mukofotining 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda (Gollivudda Oskardan keyin ikkinchi eng nufuzli mukofot hisoblanadi) Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy videomurojaat bilan chiqdi.
Uni keng koʻlamli urush boshlanganidan keyin Ukrainaga bir necha bor tashrif buyurgan va hatto-ki Zelenskiyga Oskarini Kiyevga olib kelgan aktyor Shon Penn tanishtirdi.
“Birinchi jahon urushida millionlab odamlar halok boʻldi. Ikkinchi jahon urushi oʻn millionlab odamlarning hayotiga zomin boʻldi. Uchinchi jahon urushi boʻlmaydi. Bu trilogiya emas”, - dedi Zelenskiy.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Ukraina dunyoning demokratik mamlakatlari yordamida Rossiya agressiyasini toʻxtatadi.
“Ukrainadagi urush hali tugamadi, lekin unda burilish davri kelmoqda va kim gʻalaba qozonishi allaqachon aniq. Biz buni butun erkin dunyo bilan birga qilamiz va umid qilamanki, barchangiz biz gʻalaba qozongan kun biz bilan boʻlasiz”, — dedi Zelenskiy.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Zelenskiy Soledarga boʻlgan hujum haqida maʼlumot bergan edi.