So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Nega hamma mashinalar «Chevrolet”? — Nasdaily
Yassin oʻzining videosida Oʻzbekistonda deyarli barcha avtomobillar “Chevrolet” ekanligidan hayratda qolgan.
Nasdaily sahifasi ostida faoliyat olib boradigan arab-isroillik vloger Nuseir Yassin Oʻzbekiston haqida bir daqiqalik video eʼlon qildi.
“Oʻzbekiston hukumati 27 yil davomida faqatgina birgina avtomobil markasini sotishga ruhsat bergan — “Shevrolet”. Buni haqiqiy monopoliya desa boʻladi”, — deya taʼriflagan vloger.
Shuningdek, u Oʻzbekiston oxirgi yillar oʻzgarganini eʼtirof etib, ochiq davlatga aylanganini aytdi.
“Bu mamlakat bir necha yil oldin oʻzgardi. Endi bu davlat butun dunyoga ochildi va hozir siz yoʻllarda “Hyundai”, “Mercedec-Benz” hattoki BMW mashinasini uchratishingiz mumkin. Oʻzbekistonga tashrif buyuring va siz bu yerning mahalliy aholsini, tarixiy qadamjolarini va “Chevrolet” mashinalarini yaxshi koʻrib qolasiz”, — deb qoʻshimcha qildi Yassin.
Maʼlumot oʻrnida, Nuseir Yassin arab-isroillik vlogger. U Facebook, TikTok va Instagram platformalarida Nas Daily sahifasi ostida kuniga 1000 dan ortiq bir daqiqalik videolar yaratishi orqali mashhur.