So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buyuk Britaniya razvedkasi hukumat vakillarining xizmat mashinasidan yashirin qurilma topdi
Britaniya razvedka agentliklari buning ortida Xitoy razvedkasi turgan boʻlishi mumkin deb hisoblamoqda.
Britaniya Vazirlar Mahkamasi aʼzolari va yuqori martabali diplomatlarning xizmat mashinalaridan, ularning joylashuvi haqidagi maʼlumotlarni uzatuvchi yashirin qurilma topildi. Bu haqda inews xabar bermoqda.
Britaniya razvedka manbalariga koʻra, GPS qurilmasi Xitoydan keltirilgan ehtiyot qismning ichiga joylashtirilgan.
“Bu geolokatsiya maʼlumotlarini uzatuvchi SIM kartalar orqali hukumatni oylar va yillar davomida kuzatgan boʻlishlari mumkin”, — dedi razvedka manbasi.
Nashrning qayd etishicha, topilma yuqori martabali siyosatchilarning Xitoy razvedkasidan kelayotgani aytilayotgan tizimli tahdid haqidagi bayonotlari fonida milliy xavfsizlik boʻyicha jiddiy xavotirlarni uygʻotadi.
Inews manbalarining fikricha, bunday qurilmalarning topilishi, Xitoyning Gʻarbda tinglash boʻyicha keng yoʻl tutganidan dalolat beradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Liz Trassning shaxsiy qoʻl telefoniga xakerlar hujumiga uchragan edi.