So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Kobuldagi harbiy aeroport portlatildi. ISHID teraktni oʻz zimmasiga oldi
ISHID guruhi ushbu portlash orqali “Tolibon”ning yuqori turuvchi amaldorini oʻldirishni maqsad qilgan.
Kobuldagi harbiy aeroportdagi portlash uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga oldi, deb xabar bermoqda Reuters.
Maʼlum boʻlishicha, teraktni “Kobul Longan” mehmonxonasidagi portlashda ishtirok etgan hudkush Abdul-Jabbor sodir etgan.

Aeroportdagi portlash natijasida 20 kishi halok boʻldi, 30 nafar toliblar turli-hil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazildi. ISHID guruhi ushbu portlash orqali “Tolibon”ning yuqori turuvchi amaldorini oʻldirishni maqsad qilgan.
“Islomiy davlat” yakshanba kuni Kobulda “Tolibon” kuchlariga hujum uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi”, - deya xabar bermoqda agentlik terrorchilik guruhi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afgʻoniston Ichki ishlar vazirligi Kobul harbiy aeroportida 1-yanvar kuni portlash yuz bergani, qurbonlar va jarohatlanganlar borligi haqida xabar bergan edi.