So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkent-Olmaota reysida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa yuzasidan maʼlumot berildi
Hodisa yuzasidan vakolatli organlar tomonidan tekshiruv belgilandi.
Toshkent – Olmaota yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan reysda yuzaga kelgan baxtsiz hodisa yuzasidan maʼlumot berildi.
Maʼlum boʻlishicha, 2022-yil 2-yanvar kuni Air Astana aviakompaniyasining Toshkent – Olmaota yoʻnalishi boʻyicha KC128 reysi mahalliy vaqt bilan 14:35 da havoga koʻtarilgan. Parvoz vaqtida samolyot bortida kuchli turbulentlik yuzaga kelgan.
Turbulentlik tufayli besh nafar yoʻlovchi jarohat olgan, ulardan toʻrt nafari kasalxonaga yotqizishdan bosh tortdi, hozirda bir yoʻlovchi tekshiruv uchun shifoxonada.
Samolyot 16:45 da Olmaotaga qoʻngan, uchuvchilar voqea haqida aeroport xizmatlarini xabardor qilgan. Yoʻlovchilarga yordam koʻrsatish uchun tez yordam mashinalari ularni aeroportda kutib oldi.
“Aviakompaniya sodir boʻlgan voqeadan afsusda va reys yoʻlovchilariga har tomonlama yordam koʻrsatadi. Hodisa yuzasidan tekshiruv vakolatli organlar tomonidan olib boriladi”, — deyiladi bayonotda.