So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Filippindagi toshqin qurbonlari soni 51 kishiga yetdi
22 ta shahar va munitsipalitetlarda favqulodda holat eʼlon qilingan.
Filippindagi toshqin qurbonlari soni 51 kishiga yetdi, yana 19 kishi bedarak yoʻqoldi, avvalroq 44 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Suv toshqinlari natijasida 4,5 ming uy zarar koʻrgan, shundan 843 tasi butunlay vayron boʻlgan.“Oʻlganlar soni... 51 kishiga yetdi, yana 19 kishi bedarak yoʻqolgan”, — deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, mamlakat janubidagi Shimoliy Mindanao mintaqasi falokatning eng ogʻir qismini boshidan oʻtkazdi.
Filippinning sharqiy, markaziy va janubiy qismlarida toshqinlar kuzatilmoqda. Yoʻqolganlar orasida qayiqlari agʻdarilib ketgan baliqchilar ham bor.
Kamida 22 ta shahar va munitsipalitetlarda favqulodda holat eʼlon qilingan. Ayrim hududlarda elektr va suv taʼminoti uzilib qolgan. Hududlarda jabrlanganlarga davlat oziq-ovqat va zarur narsalarni yetkazib beradi.