So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Marion Biotech” kompaniyasi “Dok-1 Maks” siroplarini ishlab chiqarishni toʻxtatdi
Hindiston hukumati “Dok-1 MAKS” dorisini ishlab chiqargan “Marion Biotech” kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshlagan.
Oʻzbekistonda 20 ga yaqin bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqaruvchi Hindistonning Marion Biotech Pvt. Ltd kompaniyasi rahbari Xasan Rizo mazkur siroplarni ishlab chiqarish toʻxtatilganini maʼlum qildi.
“Oʻlim holatlaridan afsusdamiz, hukumat tergov oʻtkazmoqda. Uning natijalaridan kelib chiqib, tegishli choralarni koʻramiz. Namunalar olingan. Ushbu mahsulotning ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan, qolgan jarayonlar davom etmoqda”, — deydi Xasan Rizo ANI nashriga bergan intervyusida.
Qayd etish joiz, Hindiston hukumati “Dok-1 MAKS” dorisini ishlab chiqargan “Marion Biotech” kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshlagan. Surishtiruv Uttar-Pradesh shtatidagi narkotiklarni litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilyapti.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda “Dok-1 MAKS” dorisidan 19 bola vafot etgandi.