So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Avtobus haydovchisi uxlab qolgan” — TIV Saudiyadagi YTH yuzasidan axborot berdi
Mazkur avtobusda Oʻzbekistondan borgan 50 nafar oʻzbekistonlik ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan.
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Saudiya Arabistonida oʻzbekistonlik fuqarolar bilan sodir boʻlgan YTH yuzasidan axborot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yil 27-dekabr kuni Saudiya Arabistoni vaqti bilan soat 09:15da “Al-Afaj” transport kompaniyasiga tegishli “Mercedes-Benz” rusumli avtobus haydovchisi “Jidda-Madina” 160-magistral yoʻlida uxlab qolishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.
Mazkur avtobusda Oʻzbekistondan borgan 50 nafar oʻzbekistonlik ziyoratchilaridan 10 nafari jarohatlangan. Ushbu transport hodisasi oqibatida jabr koʻrganlarga Madina shahri yaqinidagi “Vadi Al-Far” va “Al-Himna” shifoxonalarida tez tibbiy yordam koʻrsatildi. Avtobusdagi 40 nafar ziyoratchi Madina shahridagi mehmonxonaga joylashtirildi.
“Mazkur holat Oʻzbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan. Ushbu mamlakatning huquqni muhofaza qiluvchi idoralari hamda tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan. Diplomatlarimiz fuqarolarimiz holidan xabarbor boʻlib turibdi”, — deyiladi xabarda.