So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Ukrainada Alisher Usmonovning qariyb 50 mln dollarlik mulki musodara qilindi
Usmonovning kompaniyasi rudani harbiy-sanoat kompleksi ehtiyojlariga oʻtkazish maqsadida Rossiyaga noqonuniy eksport qilishga uringan.

Alisher Usmonov kompaniyasiga tegishli 160 tonna temir rudasi musodara qilindi. Bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, asli oʻzbekistonlik boʻlgan Alisher Usmonovning deyarli 2 milliard grivenga (55 million dollarga yaqin) yaqin mol-mulki musodara qilingan.
“Topilgan 160 tonna temir rudasi partiyasi rossiyalik oligarx, Kreml oliy harbiy-siyosiy rahbariyatining yaqin doirasi aʼzosi Alisher Usmonovning shirkatiga tegishli ekani aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Usmonovning kompaniyasi rudani harbiy-sanoat kompleksi ehtiyojlariga oʻtkazish maqsadida Rossiyaga noqonuniy eksport qilishga uringan, biroq Ukraina xavfsizlik hizmati bu rejalarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilgan.
Qayd etish joiz, joriy yilning may oyida Ukraina jismoniy va yuridik shaxslarning oʻz harakatlari bilan “Ukrainaning milliy xavfsizligi, suvereniteti yoki hududiy yaxlitligiga jiddiy tahdid soluvchi” mulklarini musodara qilishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi.
Musodara faqat harbiy holat davrida, agar sanksiyalar qoʻllanilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mol-mulki xatlangan boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin.
Sentyabr oyi boshida Ukraina sudi ushbu qoidadan foydalanib, rossiyalik milliarder Yevgeniy Yevtushenkovning mulkini musodara qilgan edi.



