So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Makkaga ketayotgan oʻzbekistonlik ziyoratchilar avtobusi YTHga uchradi
17 nafar yoʻlovchi yengil, 3 nafari ogʻir jarohat olgan, halok boʻlganlar esa yoʻq.
Xususiy tur firmalardan biri tomonidan Umra safariga joʻnatilgan oʻzbekistonliklar oʻtirgan avtobus Saudiya Arabistonida yoʻl-transport hodisasiga uchradi.
Maʼlum boʻlishicha, 50 nafar oʻzbkekistonlik yoʻlovchilardan iborat avtobus Madina shahridan Makkaga ketayotib, yoʻl chetiga chiqib ketishi tufayli, yoʻl-transport hodisasiga uchragan. Natijada, 17 nafar yoʻlovchi yengil, 3 nafari ogʻir jarohat olgan, halok boʻlganlar esa yoʻq.
“Haqiqatan ham hozirgina avtobusimiz avariyaga uchradi. 50 nafar yoʻlovchilarimizning barchasiga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yotqizildi. Lekin buncha yoʻlovchining hammasini bitta shifoxonaga yotqizishning imkoni boʻlmagani uchun jami 7 ta shifoxonaga joʻnatilgan.
Hozirgi vaqtda yoʻlovchilarning barcha yaqinlari yonimizda turibdi. Xodimlarimiz esa Saudiya Arabistonida, ular yoʻlovchilarimizning ahvolidan xabardor boʻlib turishibdi”, - deydi Muhiddinov.