So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Yaponiyada kuchli qor boʻroni tufayli 8 kishi halok boʻldi
Avvalroq AQSHda qor boʻroni tufayli 30 ga yaqin odam halok boʻlgan edi.
Yaponiyaning gʻarbiy sohillarida kuchli qor boʻroni oqibatida kamida sakkiz kishi halok boʻldi.
NHKʻning favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berishicha, yana 45 kishi jarohatlangan. Mahalliy hokimiyat maʼlumotlariga koʻra, oʻlganlardan biri, 20 yoshlardagi qiz Kashivazaki shahrida qor qoplagan mashina ichidan topilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, qor avtomobilning chiqindi trubkasi tiqilib qolgan, oqibatda u mashinada chiqqan zaharli gazdan zaharlanib vafot etgan.
Niigata prefekturasining yana uch nafar fuqarosi uylari atrofidagi qorni tozalashga urinayotganda halok boʻldi. Ularning barchasi 80 yoshdan oshgan edi. Oʻlim holatlari Xokkaydo, Akita, Yamagata va Ishikava prefekturalarida ham qayd etilgan.
Kuchli qor yogʻishi ham kutilayotgan Fukui prefekturasida politsiya mashinalarda qishki shinalar bor-yoʻqligini tekshirishni boshladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSHda qor boʻroni tufayli 30 ga yaqin odam halok boʻlgan edi.