So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
AQSHga muzlik davri qaytdi. Qor boʻroni tufayli 30ga yaqin odam halok boʻldi
Qurbonlar soat sayin koʻpaymoqda, boʻronlar tufayli AQSHngi koʻplab shtatlarida elektr va gaz taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda. Tabiat voqeasi tufayli 3000 ta reys bekor qilindi.
AQSH shimoli-sharqida qor boʻroni kuzatilmoqda. Xususan Ogayo shtatida 50 ga yaqin mashina toʻqnashib ketdi, toʻrt kishi halok boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 27 amerikalik boʻron qurboni boʻldi. Federal hukumat Texasda favqulodda holat eʼlon qildi. Minglab reyslar bekor qilingan.
Isteʼmolning kamayishi
AQSHning shimoli-sharqiy energiya va tarmoq operatori ISO New England tomonidan birinchi darajali favqulodda holat eʼlon qilindi.
Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, ISO New England davom etayotgan qor boʻroni tufayli elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirishni soʻramoqda.
“Biz mintaqada energiyadan ehtiyot boʻlish rejimini eʼlon qildik va ishlab chiqarishning kutilmagan tarzda yoʻqolishi sababli isteʼmolni kamaytirishga chaqiramiz”, — dedi ISO New England vakili Metyu Kakli.
Uning taʼkidlashicha, hozirda shtatda elektr energiyasiga boʻlgan talab operator imkoniyatlaridan oshib ketgan. Elektr energiyasi narxi MVt/soat uchun 1800 dollarga yetdi.
Gaz ishlab chiqarishning pasayishi
Qoʻshma Shtatlardagi qishki boʻron tufayli tabiiy gaz qazib olish darajasi rekord darajaga tushib ketdi. Kunlik pasayish 2,8 million kub metrni tashkil etdi, bu ishlab chiqarishning deyarli 10 foizini tashkil qiladi.
Qor boʻroni egallagan hududlarda ayrim quduqlar yopilib, magistral gaz quvurlaridagi suyuqlik muzlab qoldi. Shu bilan birga, gazga boʻlgan talab toʻrt yil ichida eng yuqori darajaga yetdi.
Energiya sarfini nazorat qiluvchi poweroutage.us sayti AQSHda 1,7 milliondan ortiq uy xoʻjaliklari va korxonalar elektr taʼminotisiz qolgani haqida xabar berdi.
Boʻron qurbonlari
CNN telekanalining xabar berishicha, AQSHda kamida 16 kishi qishki boʻron qurboni boʻlgan. Keyinchalik NBC 27 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi.
23-dekabr kuni 48 shtatdagi 200 milliondan ortiq amerikaliklar ob-havoning xavf darajasi oshishi haqida ogohlantirish oldi.
Kanzas va Kentukki shtatlarida qor boʻroni tufayli uch kishi halok boʻldi. Viskonsin, Tennessi va Missuri shtatlarida yomon ob-havo tufayli bir kishi, Nyu-York shtatida tibbiyot xodimlari oʻz vaqtida chaqiruviga yeta olmagani uchun ikki kishi halok boʻldi. NBC shuningdek, Michigan, Kolorado, Nebraska va Oklaxomada oʻlim holatlari kuzatilgani haqida xabar berdi.
Ogayo shtatida keng koʻlamli YTH natijasida toʻrt kishi halok boʻldi - qariyb 50 ga yaqin avtomobil qor bilan qoplangan shosseda toʻqnashib ketdi. Bundan tashqari, qishki boʻron tufayli AQSHda 3000 dan ortiq reyslar bekor qilingan. Eng keskin vaziyat Denver, Detroyt, Chikago va Minneapolis aeroportlarida rivojlanmoqda.
Energetika vazirligi maʼlumotlariga koʻra, qor boʻroni Texas aholisini uglevodorodlar, shamol va quyoshdan foydalangan holda ishlab chiqariladigan 16,7 ming MVt elektr energiyasisiz qoldirdi.
Haroratning pasayishi va kuchli shamol ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismini oʻchirib qoʻydi va shtatda elektr energiyasi isteʼmolining rekord darajada oshishiga olib keldi.