So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Bosh prokuratura Piskentdagi qamoqxonada mahbus qiynoqqa solingani yuzasidan rasmiy izoh berdi
Bir muddat oldin Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan 50-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum T.I. koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, so‘ng asossiz ravishda intizomiy bo‘linmaga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi, Unda ma’lum qilinishicha, prokuratura tomonidan mahkum T.I. koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solingani holati o‘rganilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan. Mahkum sog‘lig‘idan shikoyati yo‘qligi sababli sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tishdan bosh tortgan. Shuningdek, koloniya xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Toshkent viloyatidagi 50-son manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum T.I. koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, so‘ng asossiz ravishda intizomiy bo‘linmaga joylashtirilgani haqida murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, 36 yoshli mahkum T.I.ga sudning tegishli hukmiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, u manzil-koloniyaga 01.12.2024 yilda jazo muddatini o‘tash uchun keltirilgan.
O‘rganishda, T.I. koloniyadagi ichki tartib qoidalarini buzganligi sababli koloniya boshlig‘ining 28.02.2025 yildagi qaroriga asosan o‘n sutka intizomiy bo‘linmaga kiritish tariqasidagi intizomiy jazoga tortilgan.
Qaror Toshkent maxsus prokuratura tomonidan o‘rganilib, 04.03.2025 yilda intizomiy jazoni bekor qilish bo‘yicha protest keltirilgan.
Joriy yilning 5 mart kuni mahkum T.I. sog‘lig‘idan shikoyat qilib, Piskent tumani tez tibbiy yordamga murojaat qilgan va 15 mart kuniga qadar Terapeya bo‘limida “o‘tkir bronxit va surunkali tanzilit kasalligi” tashxisi bilan davolangan.
Piskent tumani tibbiyot birlashmasining 1798/31-sonli tibbiy bayonnomasidan ko‘chirmada mahkum T.I.da tan jarohatlari borligi aniqlanmagan.
Prokuratura tomonidan mahkum T.I. koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganligi holati o‘rganilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan hamda mahkum sog‘lig‘idan shikoyati yo‘qligi sababli sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tishdan bosh tortgan.
Koloniya xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.



