So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Oʻzbekistonda bozor xizmatlari hajmi 136 trillion soʻmga yetdi
Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga tayanib xabar berildi.
Oʻzbekistonda 2025-yilning yanvar fevral oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 136 trillion soʻmga yetdi. Ushbu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 26,5 trillion soʻmga yoki 12,2 foizga koʻp boʻlgani qayd etildi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar fevral oylarida bozor xizmatlari hajmi 109,6 trillion soʻmni tashkil etgan va oʻsish surʼati 116,7 foizni tashkil etgan. Bu esa mamlakatda xizmatlar sohasining izchil rivojlanayotganidan dalolat beradi.
2025-yilning dastlabki ikki oyida aholi jon boshiga toʻgʻri kelgan bozor xizmatlari hajmi 3,7 million soʻmni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 10 foizga oshgani bilan aholining xizmatlarga boʻlgan ehtiyoji va faolligining oʻsganini koʻrsatmoqda.
Shuningdek, joriy yilning ushbu davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 74,8 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu esa umumiy bozor xizmatlari hajmining 55 foiziga teng boʻlib, kichik biznesning iqtisodiyotdagi ulushi muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.