So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Abduqodir Husanov Shavkat Mirziyoyevga “Manchester Siti” libosini sovgʻa qildi
Abduqodir Husanov 21-mart kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻtgan Navroʻz tantanasida ishtirok etib, tadbirdan keyin prezident bilan uchrashdi.

Oʻzbekiston milliy jamoasi hamda “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov Navroʻz tadbirlarida qatnashdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi hamda “Manchester Siti” himoyachisi Abduqodir Husanov 21-mart kuni “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida oʻtgan Navroʻz tantanasida ishtirok etib, tadbirdan keyin prezident Shavkat Mirziyoyevga imzosi tushirilgan “Manchester Siti”dagi libosini sovgʻa qildi.
Eʼlon qilingan suratdan koʻrish mumkinki davlat rahbari bilan uchrashuvda Abduqodirga otasi Hikmat Hoshimov hamrohlik qilgan.
Husanov kuni 20-mart kuni Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda ishtirok etgandi. U 25-mart kuni Oʻzbekiston milliy jamoasi bilan Eronga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev yanvar oxirlarida Birlashgan Arab Amirliklariga qilgan safari chogʻida “Manchester Siti” klubi egalari sanalmish Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashgan edi. Oʻshanda Oʻzbekiston prezidenti Abu Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashuvda Abduqodir Husanovning “Manchester Siti” klubiga oʻtishi haqida ham suhbatlashgani maʼlum boʻlgandi.



