So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi xodimlar koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantiriladi
“Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”ga Prezident Farmoni (PF-51-son, 19.03.2025-y.) qabul qilindi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi xodimlar koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantiriladi
“Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”ga Prezident Farmoni (PF-51-son, 19.03.2025-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalari xodimlarining koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi.
2025-yil 1-sentyabrdan:
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;
I va II guruhga kiruvchi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.
2026-yil 1-yanvardan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha
20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.



