So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
“Diplomatik xizmat aʼlochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etildi
Bu haqda “OʻzA” xabar berdi.
Hukumat qarori bilan tegishli nizomlar tasdiqlandi. Unga koʻra, “Diplomatik xizmat aʼlochisi” va “Diplomatik xizmat fidoyisi” koʻkrak nishonlari taʼsis etilgan.
Taʼkidlanishicha, “Diplomatik xizmat aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obroʻsini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarlik ruhida, sidqidildan va namunali tarzda bajarayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari taqdirlanadi.
Shuningdek, “Diplomatik xizmat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va koʻp tomonlama aloqalarining rivojlanishiga sezilarli hissa qoʻshgan chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan, xorijda doimiy yashaydigan vatandoshlar taqdirlanishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Prezident “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ekolog” faxriy unvonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi qonunni imzolangan edi.
Mazkur unvon tabiatni asrash, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish va tabiiy resurslarni qayta tiklash borasida natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.