So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Maktab direktorlarining oyligi oshiriladi
Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova maʼlum qildi.

Prezidentning tegishli farmoni bilan maktab direktorlari va ularning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda.
“Keyingi yillarda oʻqituvchilarimiz, bogʻchadagi pedagoglarimiz oylik maoshlarini oshirish, ustamalar sonini koʻpaytirish boʻyicha qator islohotlar qilindi va bu jarayon davom etyapti. Endilikda maktab direktorlari, ularning oʻrinbosarlari hamda bogʻchalarimiz rahbarlari maoshlarini oshirishga navbat yetdi”, deydi vazir.
Bildirilishicha, farmonda quyidagilar belgilangan:
maktab direktori va uning oʻrinbosarlari hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ish haqi miqdorlari oshirilmoqda.
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻchalarimiz direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. Respublikadagi 10 mingdan ortiq maktab direktorlari, 7 mingga yaqin bogʻcha direktorlari hamda 35 mingga yaqin maktab direktor oʻrinbosarlarining ish haqi miqdorlari oshiriladi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor va uning oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
Shuningdek, tuman boʻlimlarida qoʻshimcha shtatlar ajratilmoqda va bu oʻquvchilar bilimini baholashni monitoring qilish, oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish vazifalarini amalga oshirish uchun tegishli lavozimlarni joriy etish imkoniyati yaratadi.
Bundan tashqari, hududiy boʻlinmalar xodimlaringning koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish joriy etilmoqda (Vazirlik tizimidagi qariyb 15 ming nafar boshqaruv xodimlariga koʻp yillik xizmati uchun ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi).
Shu bilan birga, Maktab xodimlari mukofot puli miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 75 foizigacha (amalda 50 foizgacha) miqdorida etib belgilanmoqda.
“Yana bir muhim oʻzgarish – avvallari maktablarimizning boʻsh turgan binolari ijarasidan tushgan mablagʻlarning 40 foizigina oʻsha maktabda qolardi. Endilikda ushbu mablagʻlarning 75 foizi oʻsha maktab rivojiga sarflanadi.
Umid qilamanki, tizimdagi yuz minglab xodimlar hayoti, ragʻbatlanishiga doir mazkur Farmon xodimlarimiz moddiy imkoniyatlarini yanada yaxshilab, ularga motivatsiya beradi, ish unumdorligini oshiradi. Pedagoglar, maktabgacha va maktab tizimi moddiy tomonlama ham jozibador sohaga aylanishi lozim, davlatimiz rahbari qoʻllovlari bilan bu masala bosqichma-bosqich hal etilmoqda”, deydi vazir Umarova.



