So`ngi yangiliklar
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
“Roskosmos”ning sobiq rahbari va DXR rahbariga suiqasd uyushtirildi. Ular yaralangan
Restoranning oʻqqa tutilishi natijasida jami 2 kishi halok boʻlgan, yana 5 kishi jarohatlangan.
“Roskosmos”ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin tugʻilgan kunini nishonlagan restoran ukrainalik askarlar tomonidan oʻqqa tutildi. Biroq uning yordamchisi bu maʼlumotlarni tasdiqlamadi.
Mahalliy Telegram kanallarning maʼlum qilishicha, Rogozin Doneskdagi “Shesh-Besh” restoranida tugʻilgan kunini nishonlayotgan boʻlgan.
Bino 155 kalibrli snaryadlar bilan oʻqqa tutilgan (bu NATO standarti, 155 kalibrli odatda dala qurollari, gaubitsa va gaubitsalarda qoʻllaniladi). Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, DXR hukumati raisi Vitaliy Xotsenko yaralangan, uning tansoqchisi vafot etgan.
Bazaʻning yozishicha, Dmitriy Rogozin boshning yumshoq toʻqimalariga va oyogʻining son qismidan yaralangan. Restoranning oʻqqa tutilishi natijasida jami 2 kishi halok boʻlgan, yana 5 kishi jarohatlangan.
Biroq Rogozinning yordamchisi OAVda keltirilgan maʼlumotlarni tasdiqlamadi. U “Roskosmos”ning sobiq rahbari joylashgan mehmonxona oʻqqa tutilganini aytdi
“Dmitriy Rogozin boshchiligidagi bir guruh harbiy maslahatchilar istiqomat qilgan mehmonxona oʻqqa tutildi. Dmitriy Olegovich orqa qismidan yaralangan. U kasalxonaga yotqizilgan.
Hayotga xavf yoʻq. Unga hamroh boʻlganlar ham yaralangan. Mutaxassislar mehmonxona Fransiyaning Nexter kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan 155 millimetrli CAESER oʻziyurar artilleriya moslamasidan foydalanilgan deb hisoblashga moyil”, - dedi Rogozinning yordamchisi.
Mazkur voqeadan soʻng, “Roskosmos”ning sobiq rahbari RT telekanaliga bergan intervyusida jarohati haqidagi maʼlumotni tasdiqladi.
“Men orqamdan yaralanganman. Hali yashayman. Oʻq boʻlagi umurtqa pogʻonasidan bir santimetr oʻtib ketgan", - deya uning soʻzlaridan iqtibos keltirgan Rossiya davlat kanali.