So`ngi yangiliklar
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
Toshkent viloyatida qurilish va kommunal sohadagi ahvol qanday? Masʼullar javob berdi
Bugun, 4-fevral kuni Nurafshon shahrida 2024-yil Toshkent viloyati boʻyicha qurilish va kommunal sohada amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yil uchun belgilangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda masʼullar tomonidan atroflicha axborot berilgan.

Qayd etilganidek, 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishda 2809,8 km uzunlikda 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 951 dona 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari mukammal va 6 930 km uzunlikda 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 2 116 dona 6-10/0,4 kV kuchlanishli transformator punktlari joriy taʼmirlandi.
Bundan tashqari Prezidentning 2024-yil 17-iyuldagi “2024-yilda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 310,76 kmdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilindi hamda 78 ta transformator punktlari oʻrnatilgan.
“Hududiy Elektr Tarmoqlari” AJ tomonidan xarid qilingan Xitoy xalq respublikasining “TBEA“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 8 dona 40 000 kVA quvvatli transformatorlarni ajratilishi munosabati bilan Toshkent hududiy filiali tomonidan ushbu kuch transformatorlarini oʻrnatish ishlari xoʻjalik usulida oʻz kuchi bilan amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, Prezidentning tegishli farmon va qarorlariga asosan 2024-yilda Toshkent viloyati boʻyicha jami 480 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 180 dona transformator punktlarini yangilash ishlari amalga oshirilgan. Viloyatning 22 ta tuman(shahar)larda tunu-kun aholini uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlash maqsadida 22 ta tezkor chiqish brigadalari 24 soatlik ish rejimiga oʻtkazilgan. Qolaversa, 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida 633 ta xodimdan tashkil topgan 186 ta taʼmirlash brigadalari tashkil etildi, ularga maxsus texnika va avtomashinalar biriktirilgan.
2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va betalofat oʻtkazish maqsadida hududiy filialning markaziy omborida hamda T(Sh)ET omborlarida yaratilgan avariyaviy zahira, taʼmirlash va boshqa ishlar uchun materiallar yaratilgan.
Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ tasarrufida jami 827 ta suv inshootlari mavjud boʻlib, shundan 123 tasi (14,9 %) taʼmirtalab holatda. Jamiyatning shahar va tuman filiallari tasaruffida boʻlgan suv inshootlaridagi nasos agregatlari orqali kunlik oʻrtacha 400-500 ming m3 ichimlik suv ishlab chiqarilmoqda. 2024-yil davomida Toshkent viloyati aholisi va tashkilotlariga reja boʻyicha 93,3 mln m3 ichimlik suvi realizatsiya qilinishi kerak edi. Amalda esa reja 83% ga bajarilgan.
2024-yilda “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJning energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energiya resurslarini iqtisod qilish boʻyicha loyihadagi quyosh panellari oʻrnatildi. Toshkent viloyatida 2025-yil 1-yanvar holatiga jami aholining 79,9 foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Qolgani esa (20,1 %) alternativ manbalar asosida suv yetkaziladi.
2024-2025-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish va viloyati aholisini sifatli issiqlik energiyasi bilan taʼminlash maqsadida jami 3 889,0 mln.soʻm mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan shahar va tumanlardagi jami 6 ta qozonlar, 7,8 km issiqlik tarmoqlarini va 1,2 km elektr kabellarini mukammal taʼmirdan chiqarilgan. 2024-yilda jami 569,8 km avtomobil yoʻllari taʼmirlanishi uchun 1525,6 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan.
2024-yilda jami 672,1 km uzunlikdagi ichki yoʻllar taʼmirlanishi ishlari uchun 400,2 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan. 12 oyi davomida 755,6 km uzunlikda ichki yoʻllar 3 dona koʻprik inshootlari taʼmirlandi (112,4%) va viloyatda shahar koʻchalarida amalga oshirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha Investitsiya dasturi doirasida 71,3 mlrd.soʻm miqdorida ishlar bajarilishi va 25,2 km uzunlikda koʻchalarni taʼmirlanishi belgilangan boʻlib, amalda 68,9 mlrd.soʻmlik ishlar bajarilib, 25,2 km uzunlikda koʻchalar taʼmirlandi.
- Turizm obyektlariga olib boruvchi ichki yoʻllarda 21,8 mlrd.soʻm mablagʻ hisobidan, 47,6 km yoʻllarni taʼmirlanishi belgilangan. Amalda 21,9 mlrd.soʻmlik ishlar bajarilib, 47,6 km uzunlikda ichki yoʻllarda taʼmirlash ishlari bajarildi.
- “Yangi Oʻzbekiston massivlari”ning ichki koʻchalarini qurish ishlari boʻyicha 22,2 mlrd.soʻm mablagʻlar hisobidan ichki yoʻl qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, amalda 24,3 mlrd.soʻmlik ishlar amalga oshirilib, 2,9 km uzunlikda ichki yoʻllar qurilgan.
- Aholiga qulayliklar yaratish va viloyat hududidagi tuproq yoʻllarni hashar yoʻli bilan shagʻallashtirish maqsadida 83,5 km uzunlikda ichki koʻchalarga shagʻal yotqazilgan.



