So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi Indoneziyadagi koʻrgazmada ishtirok etdi
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Oʻzbekistonning turizm salohiyati va madaniy merosini keng targʻib qilish maqsadida “Osiyo davlatlari milliy modasi va sanʼati” koʻrgazmasida ishtirok etdi.
Taʼkidlanishicha, ushbu tadbir 2025-yilda Samarqandda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi munosabati bilan Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Anjumanda oʻzbek milliy liboslari va qoʻl mehnati mahsulotlari namoyish etilib, turli davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan.
Shuningdek, koʻrgazma doirasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabasi Komila Sobirova oʻz kolleksiyasi bilan qatnashgan. Kolleksiya barcha mehmonlarda katta qiziqish uygʻotgan.
Osiyo davlatlari vakillari oʻrtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandumga talabamiz Komila Sobirova ham imzo chekdi.
Tadbirning ikkinchi kunida institut va elchixona vakillari tomonidan katta qozonda osh damlandi. Koʻrgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar va mahalliy aholi oshning tayyorlanish jarayonida ishtirok etishdi va osh uchun katta navbat hosil boʻlgan.
Qayd etilganidek, mazkur tadbir Oʻzbekistonning milliy qadriyatlari va anʼanaviy sanʼatini xalqaro miqyosda keng targʻib qilish barobarida, xorijiy davlatlar bilan madaniy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qilmoqda.