So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Oʻzbekistonda mahsulotlarni “Halol” belgisi bilan tamgʻalashga ruxsat etiladi
Bundan tashqari, “Halol” belgisi shakli hamda oʻlchamini belgilaydigan standart loyiha ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Oʻzbekistonda joriy yil 1-maydan Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamgʻalashga ruxsat etiladi. Bu haqda joriy yil 1-fevral kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan “Mahsulot va xizmatlarni «Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorda soʻz boradi.
Qarorga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tartibi;
“Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni davriy baholash.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish sohasini tartibga solish toʻgʻrisidagi quyidagi takliflariga rozilik berildi:
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish;
Mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirishda hamda ularga nisbatan talablarni belgilashda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti (SMIIC) tomonidan qabul qilingan va rasmiy xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan standartlarga ustuvorlik huquqini berish;
2025-yil 1-maydan mazkur qaror hamda Islom mamlakatlari standartlari va metrologiya instituti standartlari talablari asosida sertifikatlashtirilgan mahsulot va xizmatlarni “Halol” belgisi bilan tamgʻalashga ruxsat etish.
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi Din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan birgalikda olti oy muddatda agentlik tizimidagi davlat muassasasida tashkil qilinadigan mahsulot va xizmatlarni “Halol” talablariga muvofiq sertifikatlashtirish organini xalqaro tan olingan tashkilotlarni jalb qilgan holda akkreditatsiyadan oʻtkazadi.
Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.