So`ngi yangiliklar
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
O‘zbekistonda fevraldan boshlab qanday o‘zgarishlar kuchga kirdi?
O‘zbekistonda 2025-yil 1-fevraldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi.

Quyida ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlarni taqdim etildi.
Temiryo‘l chiptalari narxi oshirildi
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarning VIP, biznes toifadagi chipta narxlari 25 foizga, ekonom toifadagi chipta narxlari 20 foizga hamda tezyurar yo‘lovchi poyezdlar “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarning chipta narxlari 30 foizga oshirildi. Mahalliy yo‘nalishdagi (yotoqli) yo‘lovchi poyezdlar chipta narxining tarif qismi esa 10,5 foizga oshirildi.
Toshkent viloyatida issiq suv va isitish ta’minoti narxi oshirildi
Xususan aholi uchun 1 Gkal issiqlik narxini (QQS bilan):
Toshkent viloyati “Issiqlik manbai” boshqarmasi 81 312 so‘mdan 93 464 so‘mga;
“Angren issiqlik energiyasi” DUK 81 312 so‘mdan 93 508 so‘mga
Chirchiq “Issiqlik energiyasi” korxonasi 88 088 so‘mdan 101 301 so‘mga;
“Olmaliq issiqlik manbai” 92 252 so‘mdan 100 800 so‘mga oshirdi.
“Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yildi
Og‘ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko‘magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
“Onalar maskani”da og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi. Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Ishsiz aholi va kambag‘al oilalar a’zolari talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitiladi
Kasbiy ko‘nikmalar markazlarida ish beruvchilar buyurtmasi va tijorat banklari mijozlari ehtiyoji asosida ishsiz aholini, shu jumladan, kambag‘al oilalar a’zolarini mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga manzilli o‘qitish tizimi joriy etildi. Kasbga o‘qitilayotgan kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolariga stipendiya to‘lanadi.
Ayrim jismoniy shaxslar daromad hamda foyda solig‘ini 5 foiz stavkada to‘laydi
2040-yil 1-yanvargacha jami daromadi tarkibida eksporti hajmi 50 foizdan ortiq bo‘lgan IT-park rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari) – O‘zbekiston norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘ining 5 foiz stavkasi tatbiq etiladi.
Davlat bog‘chalarida xodimlarning davomati “Bolalar bog‘chasi” AT orqali yuritiladi
Tajriba-sinov tariqasida 2025-yil 1-fevraldan Toshkent shahridagi, 2025-yil 1-iyuldan esa qolgan barcha davlat MTTlarida xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomatini yuritish, ish vaqti tabelini shakllantirish, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini natura shaklida hisoblash, ota-onalar to‘lovi hamda boshqa to‘lovlar “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Davlat muassasalari, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarida elektrozapravkalar o‘rnatiladi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan davlat muassasalari, mehmonxonalar, biznes-markazlar, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari infratuzilmasi obyektlari loyihalarida to‘xtash joylarining kamida 5 foizi elektromobillarni quvvatlash stansiyalari bilan jihozlanishi kerak.



