So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
2024-yilda Oʻzbekiston aholisi qancha daromad qilgani ochiqlandi
Bu haqida Statistika agentligi xabar berdi.
2024-yilning yanvar dekabr oylarida Oʻzbekiston aholisining umumiy daromadlari 896,3 trillion soʻmni tashkil qildi. Isteʼmol narxlarining oʻzgarishi sababli 2023-yilga nisbatan aholi umumiy daromadlarining real oʻsish surʼati 108,1% ni tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari nominal oʻsish surʼati esa 118,5% ni tashkil qilgan.
Avvalroq Statistika agentligi 2024-yili 10 842 nafar oʻzbekistonlik xorijiy davlatlarga doimiy yashash uchun koʻchib ketganini maʼlum qilgandi. 2024-yilda Oʻzbekistondan chet elga koʻchib ketganlarning asosiy qismi Qozogʻiston (8 792 kishi) va Rossiyaga (1 601 kishi) borgan. Shu bilan birga, mamlakatni tark etganlar ulushi Janubiy Koreya (96 kishi), Qirgʻiziston (73 kishi), Turkmaniston (39 kishi) va boshqa mamlakatlar (241 kishi) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Taqqoslash uchun, 2023-yilda xorijga doimiy yashash maqsadida koʻchib ketgan oʻzbekistonliklar soni oʻtgan yildagidan sezilarli koʻp (17 336 kishi) boʻlgan. Jumladan, Qozogʻistonning oʻziga 14 051 kishi, Rossiyaga 2 670 kishi koʻchib ketgan.