So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Savdo-sanoat Palatasi tashabbusi bilan Namangan viloyatida faol tadbirkor ayollar va tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan kam taʼminlangan, imkoniyati cheklangan tashabbuskor tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati oʻtkazilgan.
Qayd etilishicha, tadbirda Savdo-sanoat Palatasi raisining oʻrinbosari Nodira Shotursunova ishtirok etib, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlik faoliyatini ayniqsa tadbirkor ayollar, imkoniyati cheklangan aholi qatlamini yanada qoʻllab-quvvatlash borasida qabul qilingan qaror va farmonlar mazmun mohiyati bilan tanishtirib oʻtgan.

Tadbirda 300 nafardan ortiq tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan tashabbuskorlar, ehtiyojmand oila vakillari hamda imkoniyati cheklangan fuqarolar ham qatnashgan.

Tadbirda ishtirokchilar 20 dan ortiq masalalar koʻtarilib, shundan 12 ta masala oʻrnida hal etildi. Shuningdek, yirik tadbirkorlar tomonidan Prezident tomonidan berilgan imkoniyatlarga javoban ehtiyojmand oila vakillarini kasb-hunarga tayyorlash orqali ularni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻz takliflarini bildirgan.

Tadbirda ishtirok etgan 20 dan ortiq fuqarolar kasb-hunarga tayyorlash orqali ishga qabul qilinib, 6 nafar tadbirkorlik qilish istagidagi tadbirkorlarga oʻz tadbirkorligini boshlash uchun saxovatpesha tadbirkorlar tomonidan asbob-uskunalar va tikuv mashinalari topshirilgan.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan yaratilgan sharoitlar va berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, oʻz tadbirkorligini boshlashlari uchun dastlabki qadam tashlanganini eʼtirof etib oʻz minnatdorchiliklarini bildirgan.

