So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Bugun, 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Parlament palatalari kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya (Ombudsman boshchiligida 14 nafar deputatlar, senatorlar, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan iborat)ning axboroti tinglandi. 2022 yil iyul oyida Nukusda ro‘y bergan tartibsizliklar qatnashchilarining 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6135 nafar shaxsga ma’muriy jarima, 2639 nafar qatnashchiga esa ma’muriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha 2022 yil iyul oyida Nukusda ro‘y bergan tartibsizliklar qatnashchilarining 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6135 nafar shaxsga ma’muriy jarima, 2639 nafar qatnashchiga esa ma’muriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlangan.
Jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga ko‘ra oilasiga qaytarilgan, 30 nafar sudlanuvchi komissiya iltimosiga ko‘ra sud zalidan ozod etilgan.
Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro (2 nafari huquqni muhofaza qilish idorasi xodimi) vafot etgan, 413 kishi jarohatlangan, shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari.
Komissiyaga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ommaviy tartibsizliklarni ma’muriy binolardan uzoqlashtirish, va tarqatib yuborish maqsadida suv va rangli suyuqlik purkovchi texnika, ko‘zdan yosh oqizuvchi maxsus granatalardan foydalanilgan.
Fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda 6,8 milliard so‘m moddiy zarar yetgan.
Tartibsizliklarni bartaraf etishda inson huquqlarini buzgan 3 nafar ichki ishlar organlari xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.