So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Imzolangan bitimlar doirasida joriy yil 22 dekabr kuni Navoiy xalqaro aeroportiga birinchi bosqichida "Bayat" zotli qo‘ylarning 1000 boshga yaqini olib kelindi. Ushbu zotli qo‘ylar go‘sht-jun yo‘nalishida bo‘lib, ularning tirik vazni 70-80 kg, qo‘chqorlari 100-120 kg gacha yetadi, go‘sht chiqimi esa tirik vazniga nisbatan 60 foizni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti rahbarligida 2024 yil 1 noyabr kuni “Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni ishga solish hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga 2024-2026 yillarda Mongoliya davlatidan 20 ming bosh go‘sht va jun yo‘nalishidagi qo‘y-echkilarni olib kelish, shu jumladan ularning 10 ming boshini 2024 yil yakuniga qadar olib kelish vazifasi belgilab berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida Konimex tumani hokimi rahbarligida chorvachilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi bir guruh tadbirkorlar Mongoliya davlatiga xizmat safariga yuborilib, go‘sht va jun yo‘nalishidagi qo‘y-echkilarni olib kelish bo‘yicha bitimlar imzolanishi ta’minlandi.
Imzolangan bitimlar doirasida joriy yil 22 dekabr kuni Navoiy xalqaro aeroportiga birinchi bosqichida "Bayat" zotli qo‘ylarning 1000 boshga yaqini olib kelindi. Ushbu zotli qo‘ylar go‘sht-jun yo‘nalishida bo‘lib, ularning tirik vazni 70-80 kg, qo‘chqorlari 100-120 kg gacha yetadi, go‘sht chiqimi esa tirik vazniga nisbatan 60 foizni tashkil etadi.
Jonivorlar viloyatimiz yaylovlariga va iqlim sharoitiga tez moslanuvchan bo‘lib, foydalanilmay turgan yaylovlardan samarali foydalanish orqali chorva sonlarini hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi bilan bir qatorda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi.
Olib kelingan chorva mollarining parvarishini Konimex tumanida to‘g‘ri tashkil etish maqsadida kuchli va dag‘al ozuqalar zaxirasi yaratilib, veterinariya-sanitariya tadbirlari amalga oshirilgan, tajribali mutaxassislar, chorvachilik sohasi olimlari biriktirilgan.
Chorva mollarini olib kelish ishlari davom etmoqda va kelgusida olib kelinadigan jonivorlar sonini 50 mingga yetkazish rejalashtirilgan