So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik 17 yoshli bola katta miqdordagi kriptovalyutani goʻyoki oʻzi ishlab topganligi uchun javobgarlikka tortilgani toʻgʻrisidagi xabar muhokama qilinyapti.
Aslida esa, bu faollar taʼkidlagan “iqtidor” egasi oddiy “virtual valyutchik”lik faoliyati bilan shugʻullanib kelgan.
Sir emaski, bugun telegramdagi yopiq (anonim) kanallar, guruhlarda kriptovalyutani sotishga, sotib olishga chaqiradigan resurslar koʻpaygan. Ushbu kanallarda “sotuvchi” va “xaridor”lar oʻzaro tanishadi va elektron pullarini kriptovalyutaga yoki kriptovalyutani pulga aylantirib bergan holda “virtual valyutchik”lik bilan shugʻullanishadi.
Shu koʻrsatgan xizmatlari uchun ular oʻtkazib bergan pullari miqdorining 0,1-2 foizi miqdorida vositachilik haqi olishadi (oʻtkazib bergan pulining anonimligi qancha yuqori boʻlsa, olib qolinadigan foiz toʻlovi ham shunga mos boʻladi).
Buning uchun “virtual valyutchik”lar bitta kriptovalyutani boshqasiga almashtirish yoki uni pulga (dollar, yevro, rubl va b.) aylantirish imkonini beruvchi “Binans” kabi maxsus platformalardan foydalanadilar.
Maxsus platformalar sodda va qulay yaratilgan boʻlib, ulardan axborot texnologiyalari, hatto kriptovalyuta sohasida chuqur bilimga ega boʻlmagan kishilar ham bemalol foydalana oladi.
Bugunga kelib esa yirik firibgarlar, narkotik, qurol, odam savdosi, bolalar pornografiyasiga ixtisoslashgan uyushgan jinoiy guruhlar hisob-kitoblarni asosan anonim kriptoaktivlar orqali amalga oshirmoqda. Shuningdek, terrorchi guruhlar oʻzlarini moliyalashtirish uchun kriptovalyuta orqali mablagʻ yigʻmoqda.
Buning sababi shundaki, uning yordamidan foydalanib pul mablagʻlarini qisqa vaqt ichida, dunyoning istalgan nuqtasiga, anonim tarzda oʻtkazish mumkin.
Kriptovalyuta ayriboshlovchilar (“virtual valyutchiklar”) esa, oʻzi bilib yoki bilmagan holda yuqoridagi kabi ishlarda vositachi boʻlib qolayotganligi albatta tashvishli holat. Bu jarayonda albatta davlat nazorati boʻlishi kerak, tartibotlar va qoidalarga rioya qilinishi esa shart va zarur.
Xususan, yuqorida tilga olingan jinoyat ishida gumonlanayotgan 17 yoshli Z.M. 7 oy davomida “Binans” platformasida 4 mingdan ortiq 34 mlrd soʻmlik shubhali vositachilik (“virtual valyutchik”lik) operatsiyalarini amalga oshirgan hamda vositachilik haqi undirib kelgan. Bu holatda ayonki 34 mlrd soʻm ishlab topilgan “iqtidorli” yigitning daromadi emas, balki tizimdan oʻtkazilgan boshqa bir insonlarning puli summasidir.
Mazkur operatsiyalar tahlil qilinganda Z.M. aylantirgan mablagʻlarning aksariyat qismi pensiya, oylik, onlayn kredit kartalaridan kelib tushganligi maʼlum boʻldi, yaʼni ushbu mablagʻlar firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilgan pullarni legalizatsiya qilishga va ularni izini yoʻqotishga qaratilgan harakat ekanligi gumon qilinmoqda. Bunga javobni esa tergov va sud organlari beradi. Aybsizlik prezumpsiyasiga ham toʻliq amal qilinadi.
Shu bois, ushbu jinoyat ishi toʻgʻrisida chiqishlar qilayotgan ayrim tarmoq foydalanuvchilari oʻz harakatlari bilan jamoatchilikni chalgʻitib, uning xolis tergov qilinishiga xalaqit qilishini oqlab boʻlmaydi. Ish materiallaridan xabari boʻlmasdan, bu boradagi qonunchilik talablari bilan tanishmasdan turib, bilmasdan turib, bu kabi chalgʻituvchi va noprofessional populistik chiqishlar juda achinarlidir.
Shohrux Gʻiyosov, IIV Axborot xizmati rahbari